Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markaziga kelib tushayotgan savollar yuzasidan | Davlat Test Markazi

Davlat test markaziga kelib tushayotgan savollar yuzasidan

2021-yil 8-oktabr kuni Davlat test markazi tomonidan test sinovi jarayonlariga oid takliflarni qabul qilish uchun maxsus telegram bot (@dtmga_takliflar_bot) ishga tushirilgan edi.

Hozirga qadar mazkur bot orqali 661 ta xabar kelib tushgan bo‘lib, bot orqali yuborilgan barcha xabarlar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.

Lekin yuborilgan xabarlarning aksariyat qismi taklif emas, balki savollardan iborat bo‘lib qolmoqda. Unda talabalar o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chirish va tabaqalashtirilgan kontrakt (xalq tilida super kotrakt) bo‘yicha ko‘plab savollar yuborilmoqda.

Hurmatli abituriyentlar va ularning ota-onalari!

Xorijdan o‘qishni ko‘chirish uchun o‘tish ballarini belgilash, tabaqalashtirilgan kontrakt uchun arizalarni qabul qilish yoki ularni ko‘rib chiqish, tabaqalashtirilgan kontrakt miqdorini belgilash va magistratura uchun qo‘shimcha qabul kabi ko‘plab masalalar Davlat test markazi vakolatiga kirmaydi.

Shuningdek, klinik ordinatura uchun yakuniy natijalarni hisoblash Davlat test markazi tomonidan emas, balki Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.

Shu sababli mazkur masalalar yuzasidan tegishli vazirlik va idoralarga hamda oliy ta’lim muassasalariga murojaat qilishingiz maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

Agar sizda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan test sinovlari bo‘yicha aniq takliflar bo‘lsa, @dtmga_takliflar_bot telegram boti orqali yuborishingizni so‘raymiz.

Albatta, yuborilgan takliflar Davlat test markazi mutaxassislari tomonidan o‘rganib chiqiladi va takliflar asosida test sinovi jarayonlari takomillashtiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi