Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida ACCA dasturi uchun | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿
Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universitetida ACCA dasturi uchun qabul boshlandi !!!
Xalqaro Biznes Professionali bo'lmoqchimisiz? Shu bilan birgalikda Dunyo bo'ylab ishlash imkoniyatini beruvchi Top #376 o'rinda turadigan Oxford Brookes Universitetining Qizil diplomini qôlga kiritmoqchimisiz?
Unda bu imkoniyatni qo'ldan boy bermang!!!
Biz Sizlarga 4 yillik ACCA dasturini taklif qilamiz ACCA dasturi Xalqaro Kvalifikatsiya ya'ni mutaxassislik beruvchi Professional dastur bo'lib, • Biznes • Moliya • Audit • Menejment • Soliq sohalarini Xalqaro darajada o'rgatishni o'z ichiga oladi.
Dasturning 1-yilida talabalarimizga Ingliz tili darslari mukammal darajagacha o'rgatiladi.
2-yildan esa asosiy mutaxassislik bo'yicha darslar boshlanadi.
IELTS 5 balldan yuqori bo'lgan sertifikat (ichki Imtihondan ozod bo'lgan holda) yoki ichki IELTS Mock Imtihonimizdan 5,5 balldan yuqori olgan abiturientlarda to'g'ridan to'g'ri 2 - kurs talabasi bo'lish imkoniyati bor
Ichki Imtihondan 4,5 balldan baland 5,5 balldan past olganlar 1-kursning yarmidan o'qishni boshlashadi va 4 oy mobaynida Ingliz tili o'rgatilinadi.
Ichki IELTS Mock Imtihoni 8 - may kuni soat 10:00 da Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti 4-bino 1-xonada bôlib ôtadi. Imtihonga Passport bilan kiritiladi.
Xalqaro Biznes professionali bo'lish uchun hali ham imkoniyatlar mavjud Sizdan esa faqat o'qish talab etiladi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi kanali. Ishonch telefoni:. ( 998 95) 199 19 14. 🌐 dtm.uz. Reklama👇. https://t.me/joinchat/AAAAAFU34p...