Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha oc | Dtm.uz | Davlat test markazi ️️🇺🇿

Chet tilini bilish darajasini baholash imtihonlari bo‘yicha ochiq muloqot

2021-yil 7-may kuni soat 15:00 dan 16:00 ga qadar Davlat test markazining telegramdagi rasmiy kanali orqali navbatdagi ochiq muloqot o‘tkaziladi.

Unda Davlat test markazi tomonidan o‘tkaziladigan:

Chet tilini bilish va egallash darajasini aniqlash test sinovi;
Chet tillar o‘qituvchilarining bazaviy lavozim maoshlariga oylik ustama belgilash test sinovi;
“O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi bo‘yicha ma’lumot va savollarga batafsil javob beriladi.

Ochiq muloqot telegramning ovozli chat funksiyasidan foydalangan holda tashkil etiladi va ishtirokchilar qo‘l ko‘tarish funksiyasidan foydalangan holda o‘z savollarini berishlari mumkin bo‘ladi.

Ovozli chat funksiyasi ishlashi uchun telegramning oxirgi versiyasi bo‘lishi lozim. Agar sizda telegramning oxirgi versiyasi o‘rnatilmagan bo‘lsa, dasturni yangilab olishni unutmang.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube