Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yic | Milliy sertifikat

Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha malaka oshirish kursi

“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi.

Malaka oshirish kursi 24 soatga mo‘ljallangan bo‘lib, 13-20-fevral kunlari Zoom platformasi orqali onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi.

Unda tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi.

Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 10-fevral kuniga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, (to‘lovni amalga oshirish 10-fevral soat 10:00) kursda ishtirok etishlari mumkin.

Murojaat uchun telefon: (95) 507-70-72.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz