Get Mystery Box with random crypto!

“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish | Milliy sertifikat

“O‘qituvchilar uchun Aptis” test sinovi uchun ro‘yxatga olish boshlandi

Davlat test markazi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markazi tomonidan Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda o‘tkazib kelinayotgan “O‘qituvchilar uchun Aptis” malaka test sinovi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Test sinovlarini sentabr oyida Toshkent va Qarshi shaharlarida, oktabr oyida esa Nukus, Navoiy va Andijon shaharlarida o‘tkazish rejalashtirilgan bo‘lib, talabgorlar ro‘yxatdan o‘tishda o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlab, shu yerda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari mazkur shaharlarda quyidagi muddatlarda o‘tkaziladi:

Toshkent shahri - 28-sentabr;
Qarshi shahri - 30-sentabr.
Nukus shahri - 5-oktabr;
Navoiy shahri - 7-oktabr;
Andijon shahri - 12-oktabr.

Mazkur test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar quyidagi muddatlarga qadar my.dtm.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tib, to‘lovni amalga oshirishlari mumkin:

Toshkent shahri - 26-sentabr;
Qarshi shahri - 28-sentabr.
Nukus
shahri - 2-oktabr;
Navoiy shahri - 5-oktabr;
Andijon shahri - 10-oktabr.

Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68.

Ilmiy markazning telegram kanali:
@dtmilmiymarkaz