Get Mystery Box with random crypto!

#Qabul2022 #Statistika 2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o | Dtmuz_axboroti

#Qabul2022 #Statistika
2022-2023-o‘quv yili uchun ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni haqida ma’lumot (2022-yil 30-iyun 18:00 holatiga)

my.dtm.uz saytida ro‘yxatdan o‘tgan (telefon raqamini avtorizatsiyadan o‘tkazgan) abituriyentlar soni — 192 077 nafar. Shundan:

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlaganlar: 76 983 nafar (40 %);
Taʼlim yo‘nalishlarini tanlamaganlar: 115 094 nafar (60 %).

Tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritganlar — 91 682 nafar. Shundan:

49 139 nafari — joriy yil bitiruvchilari;
42 543 nafari — avvalgi yillar bitiruvchilari.

Ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlarning doimiy yashash hududi bo‘yicha taqsimoti:

Toshkent viloyati — 10 051 nafar.
Samarqand viloyati — 8 255 nafar.
Farg‘ona viloyati — 7 471 nafar.
Andijon viloyati — 7 349 nafar.
Toshkent shahri — 6 947 nafar.
Qashqadaryo viloyati — 6 764 nafar.
Surxondaryo viloyati — 5 891 nafar.
Namangan viloyati — 4 783 nafar.
Jizzax viloyati — 3 886 nafar.
Buxoro viloyati — 3 573 nafar.
Sirdaryo viloyati — 3 378 nafar.
Navoiy viloyati — 3 322 nafar.
Xorazm viloyati — 3 135 nafar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2 177 nafar.

Barcha abituriyentlarga tarqating

Abituriyentlar uchun eng so‘ngi va ishonchli yangiliklar bizning kanalda

Kanalimiz @Dtmuz_axboroti

Batafsil ma'lumot
https://t.me/+5TOyL7VcXjhiYTUy