Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali
Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin
Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz
Reklama: @Rek_Info
Murojaat uchun: @dtminfo24_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-04-26 09:26:25 #MatbuotAnjumani
Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha matbuot anjumani

2022-yil 26-aprel kuni soat 14:00 da Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Davlat test markazi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi mutasaddilari ishtirokida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

Mavzu: 2022-2023-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari

Ishtirokchilar:

A.Xoliqov – Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i;
F.Mirzayev – Davlat test markazi bosh boshqarma boshlig‘i;
B.Toshpo‘latov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i;
Z.Olimbekov – Davlat test markazi boshqarma boshlig‘i.

OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif etamiz.

Matbuot anjumaniga savollarni AOKAning @Rasmiy_aloqabot telegram botiga yuborish mumkin.

http://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
1.4K views06:26
Ochish/sharhlash
2022-04-26 02:50:07
Chet tillar o‘qituvchilarining gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari yakunlandi

2022-yil 14-15-aprel kunlari chet tillar o‘qituvchilarining chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari (yozma qismi) bo‘lib o‘tgan edi.

Test sinovlarining yozma qismida ishtirok etgan talabgorlar uchun 18-25-aprel kunlari gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari tashkil etildi.

Imtihonlar barcha hududlarda Davlat test markazi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron tarzda o‘tkazildi.

Unda ingliz, nemis, fransuz, xitoy, koreys, yapon, turk, arab va italyan tillari bo‘yicha 3 400 nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi.

Talabgorlarning gapirish ko‘nikmasini baholash uchun autsorsing asosida respublikamizning turli hududlarida faoliyat olib borayotgan malakali mutaxassislar jalb etildi.

http://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
1.4K views23:50
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:33:05 Davlat test markazi pinned a file
09:33
Ochish/sharhlash
2022-04-25 12:28:50 Test sinovi topshiriladigan fanlar bo‘yicha test topshiriqlar soni va baholash mezonlari

Davlat komissiyasining 13-son bayoni
bilan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi. Unga ko‘ra

Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili) - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi - 10 ta savol.
Har biri uchun 1,1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

- - -

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan - 30 ta savol
.
Har biri uchun 3,1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan - 30 ta savol.
Har biri uchun 2,1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

- - -

Umumiy holda, 2022-2023 o‘quv yili qabulida abituriyentlarga 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

Ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
2.6K viewsedited  09:28
Ochish/sharhlash