Get Mystery Box with random crypto!

Davlat test markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_yangiliklari_testlari — Davlat test markazi
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 50.00K
Kanalning ta’rifi

🇺🇿 Davlat test markazining telegram kanali
Ushbu kanal orqali abituriyentlar o'zlarining istalgan savollariga javob olishlari mumkin
Testga oid barcha malumotlarni kanalda yoritib boramiz
Reklama: @Rek_Info
Murojaat uchun: @dtminfo24_bot

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 4

2022-05-24 10:33:52 Ta’lim tizimida xotin-qizlar uchun yana bir qator keng imkoniyatlar:

Yangi o‘quv yilidan boshlab magistraturada o‘qiyotgan qizlarning kontrakt pullari to‘liq byudjetdan qoplab beriladi (23 ming nafar qizlarga 200 milliard so‘m);

- har yili 50 nafar qizlar nufuzli xorijiy oliygohlarga bakalavr va 10 nafari magistraturaga yuboriladi;

- har bir viloyatda ehtiyojmand oila vakillari, ota yoki onasini yo‘qotgan 150 nafar qizlarning (jami 2,1 ming nafar) ta’lim kontrakti mahalliy byudjetdan to‘lab beriladi;

- yosh farzandi bor talaba-qizlarga masofaviy o‘qishga sharoit yaratiladi;

- doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratiladi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
8.4K viewsedited  07:33
Ochish/sharhlash
2022-05-24 10:03:32
Тошкентдаги Халқаро ТМC институтига қабул имтиҳони 30 май куни бўлиб ўтади

Абитуриентлар онлайн ёки офлайн тарзда инглиз тилидан тест топширишлари керак бўлади.

Имтиҳондан ўтган абитуриентлар, Буюк Британия билан ҳамкорликда очилган ТМC Халқаро институтида таҳсил олишга таклиф этиладилар. Институтда таълим чет эллик профессорлар томонидан Тошкент шаҳридаги Новза метро бекати яқинида жойлашган институт биносида берилади.

Имтиҳон топшириш учун қуйидаги ҳавола орқали рўйхатдан ўтиш лозим:

Рўйхатдан ўтиш

Батафсил: +998 71 207 00 32

Telegram
9.5K views07:03
Ochish/sharhlash
2022-05-22 20:19:04
35 ta OTMlarga moliyaviy mustaqillik berilgan

Ushbu muassasalar 2022-yil 1-yanvardan buyon mustaqil qaror qabul qiladi:

kontrakt qiymatini, to‘lash muddatlarini belgilash va uzaytirish;
mahalliy va xorijiy professor-o‘qituvchi va mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
o‘z hisobidan talabalar uchun stipendiya va grantlar ajratish;
xorijdan o‘quv va ilmiy adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilish;
bo‘sh turgan bino va inshootlarda pullik xizmatlar ko‘rsatish tartibini belgilash;
avtotransport vositalarining yo‘l bosish yillik limiti va ularga xizmat ko‘rsatish talablarini belgilash.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
7.4K views17:19
Ochish/sharhlash
2022-05-22 18:59:02 #Tarqating

Va nihoyat abituriyentlar uchun super imkoniyatlarga ega bot yaratildi — @mandat_2022bot

Oʻtgan yilgi o'tish ballari - 00:00
Yo'nalishlar bo'yicha o'tish ballari -
Yo'nalishlarning fanlar majmuasi - 00:28
Fanlarga mos yo'nalishlar roʻyxati - 00:33
Oliygohlardagi mavjud yo'nalishlar - 00:40
Ballarga mos universitetlar ro'yxati - 00:49

Barchasini @mandat_2022bot — yordamida "shest sekundda" bilib oling!

@mandat_2022bot
@mandat_2022bot
@mandat_2022bot

Botdan foydalanish hozircha BEPUL!
8.7K views15:59
Ochish/sharhlash
2022-05-22 10:53:51
#MatbuotAnjumani #SavollargaJavoblar

Test sinovida qoidani buzgan abituriyentlar test sinovidan bir necha yilga chetlatilishi to‘g‘rimi?

Bu bo‘yicha Milliy matbuot markazida bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Davlat test markazi yuridik byuro boshlig‘i Guljahon Madrahimova va direktor o‘rinbosari Sardor Radjabov tomonidan to‘liq ma’lumot berildi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
9.0K views07:53
Ochish/sharhlash
2022-05-22 10:52:39
#Rasman #Tezkor

Hozirgina tasdiqlandi

Test sinovida qoidani buzgan abituriyentlar test sinovidan bir necha yilga chetlatiladimi?

Hoziroq javobini biling oling
9.7K viewsedited  07:52
Ochish/sharhlash
2022-05-21 09:27:15
[O‘Z]
Taʼlim inspeksiyasi boshligʻi YUNESKO bosh direktorining taʼlim boʻyicha oʻrinbosari bilan uchrashdi

Uchrashuv kun tartibidan Tokio va Global konvensiyalarga qoʻshilish boʻyicha texnik va moliyaviy koʻmaklashish, oliy taʼlimni rivojlantirish, oliy taʼlimda taʼlim sifatini taʼminlash xalqaro tarmoqlarida Oʻzbekiston ishtirokini kengaytirish hamda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar va chaqiriqlar bilan bogʻliq qator masalalar muhokama qilindi.

Batafsil: https://tdi.uz/uz/news/4635

———————————
[РУ]
Начальник Инспекции по образованию встретился с заместителем Генерального директора ЮНЕСКО по вопросам образования

На повестки дня стояли такие вопросы, как техническое и финансовое содействие присоединению к Токийской и Глобальной конвенциям, а также обсуждение аспектов расширения участия Узбекистана в международных сетях по обеспечению качества образования в высшей школе и проводимых в нашей стране реформ и предстоящих задач.


https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
10.9K viewsedited  06:27
Ochish/sharhlash
2022-05-19 15:37:29 Abituriyentlarga ta’lim yo‘nalishlarini turli ta’lim shakllari doirasida tanlash imkoniyati yaratilishi mumkin

“2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasida abituriyentlarga bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratish ko‘zda tutilmoqda.

Qaror loyihasida belgilanishicha, 2022-2023-o‘quv yilidan boshlab:

moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari oliy ta’lim muassasalari Kuzatuv kengashlari tomonidan mustaqil belgilanadi;

davlat oliy ta’lim muassasalari magistratura bosqichida tahsil oluvchi xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt pullari to‘liq Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi;

abituriyentlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish 15-iyunidan 15-iyuliga qadar (15-iyul kuni ham) bo‘lgan muddatda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali hamda Davlat test markazining rasmiy veb-sayti orqali amalga oshiriladi;

bunda, chet tili fanidan kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkaziladigan ta’lim yo‘nalishlariga onlayn ro‘yxatdan o‘tish 15-iyunidan 5-iyuliga qadar (5-iyul kuni ham) amalga oshiriladi;

test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi va fanlar ketma-ketligi bir xil bo‘lgan beshtagacha bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini hamda bir vaqtning o‘zida barcha ta’lim shakllarini tanlash imkoniyati yaratiladi.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
10.4K views12:37
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:52:21 OTMlarga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida qaror loyihasi e’lon qilindi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “2022-2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida” qaror loyihasi e’lon qilindi.

Qaror loyihasida O‘zbekistonda ilk marta masofaviy ta’lim shakli uchun ham alohida davlat buyurtmasi parametrlarini ajratish ko‘zda tutilgan.

Unga ko‘ra, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlarini:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

kunduzgi ta’lim shakliga – 76 728 nafar;
sirtqi ta’lim shakliga – 27 365 nafar;
kechki ta’lim shakliga – 2 575 nafar;
masofaviy ta’lim shakliga – 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha – 11 082 nafar;

xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha – 100 nafar etib tasdiqlash taklif etilmoqda.

Shuningdek, qaror loyihasida 2023-2024-o‘quv yilidan boshlab:

barcha davlat oliy ta’lim muassasalariga davlat buyurtmasi parametrlarini faqatgina davlat grantlari bo‘yicha tasdiqlash;

to‘lov-kontrakt asosidagi qabul o‘rinlarini esa oliy ta’lim muassasalari, moliyaviy va akademik mustaqillik berilgan oliy ta’lim muassasalarining Kuzatuv kengashlari, bo‘ysunuviga ko‘ra tegishli vazirlik va idoralar, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi bilan kelishilgan holda mustaqil tasdiqlash taklif etilmoqda.

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
12.3K views04:52
Ochish/sharhlash
2022-05-18 07:51:48 TEZKOR: 2022-2023-o‘quv yili uchun OTMga qabul kvotalari soni e’lon qilindi

Prezidentning «2022/2023-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to‘g‘risida»gi qarori loyihasi muhokamaga e’lon qilindi.

Qayd etilishicha, 2022-2023-o‘quv yili uchun davlat buyurtmasi parametrlari:

bakalavrlar tayyorlash bo‘yicha:

• kunduzgi ta’lim shakliga —76 728 nafar;
• sirtqi ta’lim shakliga — 27 365 nafar;
• kechki ta’lim shakliga — 2 575 nafar;
• masofaviy ta’lim shakliga — 3 610 nafar;

magistrlar tayyorlash bo‘yicha — 11 082 nafar.

Kvotalar bilan OTMlar kesimida tanishish uchun: https://regulation.gov.uz/uz/d/61078

https://t.me/dtm_yangiliklari_testlari
11.8K views04:51
Ochish/sharhlash