Get Mystery Box with random crypto!

Davlat Test Markazi

Telegram kanalining logotibi dtm_uz_abituriyentuz — Davlat Test Markazi D
Telegram kanalining logotibi dtm_uz_abituriyentuz — Davlat Test Markazi
Kanal manzili: @dtm_uz_abituriyentuz
Toifalar: Telegram
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 312.73K
Kanalning ta’rifi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazining telegramdagi norasmiy kanali.
Reklama uchun : @bizda_rek

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2021-07-26 08:33:45
Test sinovlarida noto‘g‘ri tuzilgan savol tushib qolsa nima qilish kerak?

DTM mutasaddisi xato tuzilgan savollar taqdiri haqidagi savolga javob berdi:

Kirish imtihonlarida noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda masala mutaxassislar tomonidan o‘rganilib, savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi. Bu haqda DTM boshqarma boshlig‘i Bekzod Toshpo‘latov maʼlum qildi.

«Noto‘g‘ri savol tushgan taqdirda test yakuniga qadar eʼtirozlar varaqasida qayd etish mumkin. Masala mutaxassislar tomonidan o‘sha joyning o‘zida hal qilinadi va savol chindan ham noto‘g‘ri berilgan bo‘lsa, unga ball qo‘shib beriladi», dedi u.

B.Toshpo‘latov abituriyent test sinovlari chog‘ida hayajonda bo‘lishi va bu haqda o‘z vaqtida ogohlantirishga ulgurmay qolganda qanday yo‘l tutilishi haqida ham aytib o‘tdi.

«Bu holatda savollar kitobchasidan noto‘g‘ri savol o‘rin olgan abituriyent uchun qo‘shimcha kvota ajratiladi», degan u

Do'stlaringizga ulashing
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.0K views05:33
Ochish/sharhlash
2021-07-26 07:59:10
Abituriyentmisiz? Yuqori daromadli kasb tanlashga qiynalyapsizmi? Unda bizni jamoaga qo'shiling!

"ABCO" Xalqaro Buxgalteriya hisobi va moliya akademiyasi talabalar qabulini e'lon qiladi!

"ABCO'da Siz yuqori talabga ega kasb bilan birga 180ta davlat tan oladigan xalqaro diplomga ham ega bo'lasiz!

ABCO - bu:
Oxford Brookes Unhversity ta'lim tizimi
Xalqaro diplom
ACCA SILVER PARTNER
Maksimum amaliyot
Zamonaviy yangi kampus

Shoshiling, qabul 30-iyulgacha davom etadi!

+99871-200-8485
_

Вы Абитуриент? Затрудняетесь в выборе высокооплачиваемой профессии? Тогда Вам к нам!

Международная академия бухгалтерского учета и финансов "ABCO" объявляет набор студентов!

В "ABCO" Вы можете получить востребованную профессию с международным дипломом, который признается в 180 странах мира!

ABCO - это:
Система образования Oxford Brookes University
Международный диплом
ACCA SILVER PARTNER
Современный новый кампус

Спешите, набор открыт до 30 июля!

+99871-200-8485
35.3K views04:59
Ochish/sharhlash
2021-07-24 08:11:59
Rasman! Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi hozircha tasdiqlanmagan. Undan ham qimmat boʻlishi mumkin!

Yaqinda Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi eʼlon qilingandi. Universitet kontrakt narxi 1 yilda mahalliy talabalarga 49 mln 700 ming soʻm, xorijiy talabalarga 10 ming dollar etib belgilangan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga koʻra, saytda berilgan maʼlumot toʻgʻri emas.

“Hisob-kitob boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat boʻlishi mumkin. Chunki Yangi Oʻzbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq boʻlishi mumkin, balki pastroq boʻlar, aniq emas”, dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.1K views05:11
Ochish/sharhlash
2021-07-23 08:26:24
Qabul-2021 jarayonlari tugadi

Abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi. Endi bakalavriatga hujjat topshirganlar avgust oyida o‘tadigan imtihonga tayyorgarlikka bor diqqatlarini qaratishi mumkin.

Hozir:
Magistratura va "perevod" imtihonlari uchun qabul davom etyapti.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.7K views05:26
Ochish/sharhlash
2021-07-22 09:39:30
#Qabul2021
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish

Batafsil ma'lumot

https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
37.0K views06:39
Ochish/sharhlash
2021-07-22 02:43:10 ​​#Qabul2021
Ertaga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlanadi

2021-yil 22-iyul oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo’nalishlariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishning so’nggi kuni bo’lib, 22-iyul kuni (ertaga) soat 23:59 da abituriyentlarni onlayn ro’yxatga olish yakunlanadi.

Abituriyentlar mazkur muddat davomida Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) va Davlat test markazining my.dtm.uz sayti orqali oliy ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro’yxatdan o’tishlari, o‘z ma’lumotlarini o‘zgartirishlari va test sinovi uchun to’lovni amalga oshirishlari (oldingi yillar bitiruvchilari) mumkin.

Barcha abituriyentlarga muvaffaqiyat tilagan holda qabulning so’nggi soatlarini kutmasdan ertaroq ro’yxatdan o’tishlarini hamda ta’lim yo’nalishlari va tanlov ustuvorligini belgilashda e’tiborli bo’lishlarini tavsiya qilamiz.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.0K views23:43
Ochish/sharhlash
2021-07-21 08:06:50
2021/2022-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga abituriyentlarning hujjatlarini qabul qilish jarayoni onlayn tarzda www.kollej.edu.uz va www.texnikum.edu.uz elektron platformalari orqali 2021-yil 10-avgustdan 10-sentyabrga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.8K views05:06
Ochish/sharhlash
2021-07-21 06:02:46 Абитуриентлар 22 июлгача (шу куни ҳам) онлайн рўйхатдан ўтишлари мумкин

Кўпчилик Ҳайит байрами муносабати билан 3 кунлик дам олиш берилгани абитуриентларга таъсир қилмайдими деб савол бермоқда.

Йўқ, бу таъсир қилмайди. Абитуриентлар аввалги даврдагидек ҳужжатларини кўтариб, қабул комиссиясига боришмайди. Балки шунчаки my.dtm.uz сайти орқали ҳатто телефонидан ҳам бемалол рўйхатдан ўтишлари мумкин. Шу сабабли дам олиш ва байрам кунлари ҳужжат топширишга ҳеч қандай тўсқинлик қилмайди.

Абитуриентлар 22 июль, пайшанба куни соат 23:59 га қадар рўйхатдан ўтишлари мумкин.

Лекин маслаҳатим - охирига қадар тақаб оборманг. Ҳар хил кутилмаган техник муаммолар пайдо бўлиб қолиши мумкин. Шу сабабли бугун ёки эртага рўйхатдан ўтиб, онлайн тўловни амалга ошириб қўйинг.

Онлайн рўйхатдан ўтиш ҳақида видео:


Яна кўпчилик тўлов ҳақида ҳам савол бермоқда. Дам олиш кунлари банклар ишламайди, аввалги йилда битирганлар тўловни қандай амалга оширади, деб. Бунинг йўли жуда осон, бемалол PayMe, Click, UPay ва яна бир нечта электрон тўлов тизимлари орқали дам олиш кунлари, куннинг исталган пайтида онлайн тўлаш мумкин.

Онлайн тўлаш тартиби ҳақида тушунтириш:


Барчага омад!

xushnudbek

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.4K views03:02
Ochish/sharhlash
2021-07-20 04:53:04
Qabul tugashiga atigi 2 kun qoldi. Mudofaa vazirligi ogohlantirish bilan chiqdi

19-iyul holatiga onlayn ro‘yxatdan o‘tganlar 985 ming nafardan oshdi. Prognoz qilingan raqam bilan farq esa hali ham yuqoriligicha qolyapti.

Mudofaa vazirligi harbiy tavsiyanomaga ega abituriyentlarni ogohlantirdi. Agar DTM saytida tavsiyanoma olgani haqida ma’lumot chiqmasa, zudlik bilan 71- 269-88-67 raqamiga bog‘lanish zarur.

my.dtm.uz saytida texnik ishlar olib borilishi sabab hujjat topshirishda uzilishlar bo‘lishi mumkin.

Davlat test markazi abituriyentlarni to‘lov qilishni unutmaslik haqida ogohlantirdi.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.7K views01:53
Ochish/sharhlash
2021-07-20 04:50:27
Davlat test markazi telegram kanali ijodiy jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Qurbon hayiti bilan muborakbod etadi!

Yaqinlaringizni qiling ziyorat
Oʻqigan namozingiz boʻlsin ijobat
Eng xolis ishingiz boʻlsin ibodat

Qurbon Hayit ayyomingiz boʻlsin muborak!

Kanalga ulanish
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi
36.1K views01:50
Ochish/sharhlash