Get Mystery Box with random crypto!

Rasman! Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi hozirc | Davlat Test Markazi

Rasman! Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi hozircha tasdiqlanmagan. Undan ham qimmat boʻlishi mumkin!

Yaqinda Yangi Oʻzbekiston universiteti kontrakt summasi eʼlon qilingandi. Universitet kontrakt narxi 1 yilda mahalliy talabalarga 49 mln 700 ming soʻm, xorijiy talabalarga 10 ming dollar etib belgilangan.

Prezident taʼlim muassasalari agentligi rahbari Hilola Umarova bu raqamlar tasdiqlanmaganini aytdi. Unga koʻra, saytda berilgan maʼlumot toʻgʻri emas.

“Hisob-kitob boʻyicha toʻlov-kontrakt miqdori balki undan ham qimmat boʻlishi mumkin. Chunki Yangi Oʻzbekiston universitetiga top darajadagi oliygohlar ishlatadigan dastur kelyapti. Kontrakt miqdori aytilgan summadan ham balandroq boʻlishi mumkin, balki pastroq boʻlar, aniq emas”, dedi Hilola Umarova 23 iyul kuni boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida.

Batafsil ma'lumot
https://t.me/joinchat/hT9Fw6pTZt4zZjhi