Get Mystery Box with random crypto!

ESLATIB O‘TAMIZ!!! Yanvar oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga ol | DTM Milliy sertifikatlari

ESLATIB O‘TAMIZ!!!
Yanvar oyi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda.


2022-yil yanvar oyida bo‘lib o‘tadigan chet tilini bilish darajasini baholash test sinovlari uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish davom etmoqda.

Talabgorlarni ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali 2021-yil 25-dekabrdan 2022-yil 7-yanvarga qadar amalga oshiriladi.

Ro‘yxatdan o‘tish vaqtida talabgorlar imtihon topshirish hududi sifatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan birini tanlab, o‘zlari tanlagan hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

Test sinovlari 20-yanvar kunidan boshlanib, ingliz, nemis va fransuz tillaridan B1, B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkaziladi.

Test natijalariga ko‘ra B2 yoki undan yuqori darajadagi sertifikatga ega abituriyentlarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda chet tili fanidan imtihonlarsiz belgilangan maksimal ball beriladi.

Shuningdek, ta’lim muassasalarining C1 darajadagi sertifikatga ega xorijiy tillar o‘qituvchilariga ularning bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorida qo‘shimcha ustama haqi to‘lanadi.

Eslatma: ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlar 6-7-8-yanvar kunlari o‘zlari tanlagan test topshirish hududidagi Davlat test markazining hududiy bo‘limiga shaxsini tasdiqlovchi hujjat bilan borgan holda barmoq izi topshirishi lozim!

@dtm_sertifikat