Get Mystery Box with random crypto!

Fizika fanidan milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarn | DTM Milliy sertifikatlari

Fizika fanidan milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlandi

2021-yil 17-dekabr (bugun) kuni fizika fanidan milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish boshlandi.

Talabgorlarni onlayn ro‘yxatga olish my.dtm.uz sayti orqali amalga oshirilayotgan bo‘lib, 2022-yil 16-yanvarga qadar davom etadi.

Mazkur xizmat “Milliy sertifikatlar” bo‘limida joylashgan bo‘lib, shu yerdan tegishli fan (fizika) ni tanlagan holda test sinoviga ariza berish mumkin.

Test sinovi natijasi bo‘yicha eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan shaxslarga 3 yil muddatga sertifikat beriladi.

Mazkur sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlarga sertifikatdagi o‘zlashtirish foiziga mos ravishda oliy ta’lim muassasasiga kirish test sinovlarida ushbu fandan belgilangan maksimal ballga nisbatan tabaqalashtirilgan (proporsional) ball beriladi.

Fizika fanidan milliy test tizimi uchun test spetsifikatsiyasi Davlat test markazining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan bo‘lib, test sinovi mazkur spetsifikatsiya asosida tuzilgan test topshiriqlari asosida o‘tkaziladi.

Ona tili va adabiyot, matematika, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha milliy sertifikatlash tizimi uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish yaqin kunlarda boshlanadi.

@dtm_sertifikat