Get Mystery Box with random crypto!

​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirish yuzasidan Ijtimoiy tarmoqlarda | @Dtm_davlattestmarkazi_dtmuz

​​Xorijdan o‘qishni ko‘chirish yuzasidan

Ijtimoiy tarmoqlarda o‘qishini xorijiy davlatlardan O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lgan talabgorlardan arizasi etilgan bo‘lsa-da, to‘lov unidirilganligi aytilib, Davlat test markaziga nisbatan turli salbiy fikrlar bildirilmoqda.

Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz:

O‘qishni xorijiy davlatlardan O‘zbekistondagi davlat oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish bo‘yicha arizalar Davlat test markazining transfer.dtm.uz sayti orqali qabul qilindi.

Davlat test markazi tomonidan arizalarni ko‘rib chiqish uchun maxsus platforma yaratilgan bo‘lib, talabgorlar tomonidan yuborilgan arizalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan tekshirilib, arizasi belgilangan talablarga to‘g‘ri kelganlari tasdiqlandi, talabga javob bermaganlari esa rad etildi.

Ariza rad etilgan taqdirda, buning sababi ko‘rsatilib, talabgorlar qayta ariza yuborishlari uchun qo‘shimcha imkoniyat berildi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda oliy ta’lim muassasalari tomonidan barcha arizalar tekshirib bo‘lingandan so‘ng arizasi qabul qilingan talabgorlarga test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirish uchun invoys shakllantirildi va talabgorlar tomonidan to‘lov amalga oshirildi.

Test sinovi uchun to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, oliy ta’lim muassasalari tomonidan talabgorlarning arizalari qayta tekshiruvdan o‘tkazilganda 133 nafar abituriyentning arizalari belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlanib, ularning arizalari rad etilgan.

Shu sababli ayrim talabgorlar test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirgan bo‘lsa-da, transfer.dtm.uz saytida ularning arizasi rad etilgan holatda turibdi.

Oliy ta’lim muassasalari tomonidan arizasi rad etilgan talabgorlar Davlat test markaziga ariza bilan murojaat qilgan taqdirda ularning to‘lovi to‘liq qaytariladi.

DTM Axboroti
https://t.me/joinchat/LN2-mfApADc2ODNi