Get Mystery Box with random crypto!

Bir bola uylanishi kerak edi. Qarz oldi va uylandi. Bir haftad | Bek Olimjon

Bir bola uylanishi kerak edi. Qarz oldi va uylandi. Bir haftadan keyin esa qarzni uzish uchun Rossiyaga ketdi. Orzu-havaslarga berilish faqat farzandning o'ziga bog'liq emas. Ota-onasiga ham bog'liq. Farzand esa ota-onaning orzu-havasi uchun o'zini fido qildi.

Aksar holatlarda vatandoshlarimiz Rossiyaga og‘ir mehnat uchun ketishadi. Nega aynan og'ir mehnat uchun? Balki ilm insoni bo'lib yoki boshqa bir sabab bilan emas. Nega bizda Rossiyaga ketish eng oson usul bo'lib ko'rinadi? Nega biz bu darajaga kelib qoldik? Bu majburlikdanmi yoki ko'proq pul topish uchunmi? Buning muqobiliga boshqa nimadir qilish mumkinmi?

"Alohida mavzu"ning bu sonida millatimizning eng og'riqli muammosi haqida Rossiyada mehnat muhojiri sifatida ishlagan, haqiqiy qishloq qiyinchiliklarini ko'rgan, o'z sohasining mutaxassisi bo'lish uchun farroshlikka ham rozi bo'lgan insonlar bilan suhbat qurdik.

"Rossiyaga ketaman" deb nomlangan suhbat premyerasini bugun soat 20:50 da men pastda qoldirayotgan havola orqali tomosha qiling!

Havola: