Get Mystery Box with random crypto!

Bundan 4-5 yilcha oldin O’zbekistonda tibbiyot institutini tam | Bek Olimjon

Bundan 4-5 yilcha oldin O’zbekistonda tibbiyot institutini tamomlaganlarni Janubiy Koreyaga mutaxassisliklar bo’yicha magistraturaga olib kiramiz degan turli firmalar ko’paygan edi. Talabi IELTS 5,5-6,0 deyishar edi. Bizdagilar IELTS topshirsam va kontrakt pulini to’lasam Koreyada kardiolog bo’laman ekan yoki kardioxirurg, nevrolog bo’laman ekan degan fikrlar bilan harakat qilishar edi. Afsuski Janubiy Koreyada tibbiyot sohasida magistraturada o’qish va shifokor mutaxassis bo’lish ikki xil narsa. Magistratura bu nazariy va ilmiy izlanishga asoslangan yo’nalish. Bemorlar bilan ishlash uchun shifokorlik litsenziyasi zarur.

Mana shunday firmalar faoliyati bugun yana ko’payib qolgandek. Men yoshlarni aldanib qolmasligi tarafdoriman.

Bundan 4 yilcha avval Janubiy Koreyada shifokorlik litsenziyasini olish tartibi haqida video qilgan edim. Balki hozir talab sal o’zgargandir, lekin yengillashmagani aniq. Koreyada magistratura tugatib mutaxassis bo’laman ekan deb reja qilayotganlarga o’z rejasida juda shoshilib ketmaslikni, sal ko’proq ma’lumot olishni tavsiya etaman. Videoni mana bu link orqali ko’rish mumkin.

Katta maqsadlarga oson erishilmaydi.





Bek Olimjon