Get Mystery Box with random crypto!

Tibbiyot Institutida o’qiydigan talabalar ko’p so’raydigan sav | Bek Olimjon

Tibbiyot Institutida o’qiydigan talabalar ko’p so’raydigan savol.

Yaxshi shifokor bo’lish uchun nima qilishim kerak?

Mening javobim: «Zamonaviy tibbiyotni o’rganish zarur.»

Zamonaviy tibbiyotni ingliz tili va tibbiyotdagi statistikani bilmay turib o’rganib bo’lmaydi.

Bu javobdan keyin bularni qayerdan o’rganamiz degan savol bo’ladi.

Avval ingliz tili, keyin statistika o’rganiladi. Klinik tibbiyotni o’rganish uchun statistikani tushunish shart. Busiz iloji yo’q. Men ishlaydigan Oslo universiteti tibbiyot talabalariga birinchi semestrdayoq statistika bo’yicha darslar boshlanadi va qattiq imtihondan o’tishadi. Biz tibbiyotiga havas qiladigan boshqa davlatlarda ham shunday.

Agar yaxshi shifokor bo’laman desangiz ingliz tili o’rganing, keyin statistika. Agar ingliz tili bilsangiz statistikani qayerdan o’rganishni qidirib topa olasiz.

Bek Olimjon