Get Mystery Box with random crypto!

Bosh qahramon Bu safar drabb emas, o'zim hamisha qiyin vaziya | Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️

Bosh qahramon

Bu safar drabb emas, o'zim hamisha qiyin vaziyatga tushib qolganimda yoki katta tavakkal qilish arafasida turganimda qo'llaydigan bir texnika haqida yozmoqchiman. Ketdik:

Hammamiz yoshligimizdan ertaklar, she'rlar o'qib, eshitib katta bo'lganmiz. Ulg'ayganimiz sayin ertak, hikoyalar - kino va romanlar bilan almashinib boradi. Ko'pchilik uchun haqiqat bo'lgan narsa shuki, biz hikoya, roman yoki kino bo'lsin uning oxiri yaxshilik bilan tugashi tarafdori bo'lamiz va bu bevosita asar bosh qahramonlarining harakatlari, qarorlariga bog'liq. Ammo hikoyalar har doim ham biz o'ylaganday yakun topmaydi chunki biz bosh qahramonlar qarorlariga ta'sir ko'rsata olmaymiz. Nega desangiz bu KINO, HAYOT emas. Kino avvaldan suratga olingan bo'ladi va unda nima bo'lishini biz boshqara olmaymiz. Lekin biz har kuni Bosh qahramon rolini o'ynaydigan bir Kino, Hikoya (nima deb atasangiz atang) bor va bu hikoyada biz bosh qahramonlarmiz, biz qanday qaror qabul qilishni o'zimiz tanlaymiz, har kuni, har soatda, har minutda ! Shunday ekan agarda biror bir qiyin vaziyatga duch kelsangiz o'zingizga savol bering:

-Agar hayotim kino bo'lsa-yu men bosh qahramon bo'lsam, bu vaziyatda o'sha bosh qahramonim o'zini qanday tutishini xohlagan bo'lardim?

Og'abek Ro'zmetov

@drabblar