Get Mystery Box with random crypto!

Do’zahning fikrlar halqasi Miyaning bir makkor qilig’i bor, a | Drabblar (Qisqa hikoyalar)✍️

Do’zahning fikrlar halqasi

Miyaning bir makkor qilig’i bor, agar qo'yib bersang, seni mutlaqo aqldan ozdiradi. Hozirgi holat senga ham tanish bo’lsa ayt:
…Hayotingdagi bir odam bilan to’qnash kelish haqida tashvishlanasan. O’sha tashvishlanish seni qiynaydi va “nimaga tashvishlanyapman o’zi!? “deb o’ylay boshlaysan. Qarabsanki, tashvishlanishing haqida tashvishlanyapsan. –O’ Yo’q! Ikki barobar tashvishlanish! Ko’rdingmi endi tashvishlanish haqida tashvishlana boshlading, bu esa yana qo’shimcha tashvish keltirib chiqaryapti. - “Bo’l tez, viskini olib kel! “
Yoki asab bilan bog’liq muammolaring bor deylik. Eng ahmoqona, mayda narsalarni deb ham asabiylashasan, jahling chiqadi va nimaga bundayligini bilmaysanam. Va bu daraja tez asabiylashib jahling chiqishi seni yanayam asabiylashtiradi. Undan keyin, har safar ozgina asabiylashgan payting, har doim jahl otida yurish seni yengiltak va pastkash odam qilishini anglaysan va buni yomon ko’rasan. Buni shunday yomon ko’rasanki o’zingga-o’zing jahl qilasan. Endi o’zinga bir qara: Jahling chiqishi haqida o’ylab jahling chiqqani uchun jahling chiqyapti. –Lanati, devor! Ol! mushtimdan bir ta’tib ko’r!
Va yoki to’g’ri ishni qilish haqida shu daraja qayg’urasanki bu qadar qayg’urishing haqida qayg’ura boshlaysan. Yoki qilgan har bir xatoying uchun o’zingni aybdor his qilasan va bu qadar aybdor his qilishingni o’ylab o’zingni aybdor his qila boshlaysan. Yoki ko’pincha yolg’iz va xafa kayfiyatda yurasan va bu haqida o’ylash seni yanayam yolg’iz va xafa qiladi.
Do’zahning fikrlar halqasiga XUSH KELIBSAN! Katta ehtimol bilan bunday holatlargan hayotingda ko’p marta duch kelgansan. Balkim hozir ham shunday bo’lib turgandir: “Ey Xudo, men hammavaqt do’zahning fikrlar halqasida yurgan ekanman – naqadar omadsizman-a! Buni to’xtatishim kerak! O’ yo’q, o’zimni omadsiz deb chaqirganim uchun o’zimni omadsizday his qilyapman! O’zimni omadsiz deb chaqirishni to’xtatishim kerak. Ah, lanati! Yana shunday qilyapman! Ko’rdingmi!? Men omadsizman! Ahh!
O’zingni bos, jo’ra. Xoh ishon xoh ishonma, bu odamlarga xos go’zallikning bir ko’rinishi.

Og'abek Ro'zmetov tarjima qildi.

Mark Mansonning " Beparvolikning nozik san'ati" kitobidan

@drabblar