Get Mystery Box with random crypto!

#Sindrom 'Supermen' sindromi Sindrom DC komik personaji nomi | Doctor Muxtorov

#Sindrom

"Supermen" sindromi

Sindrom DC komik personaji nomidan olingan.Ushbu sindrom genetik kasalliklar qatoriga kiritilgan va fanda XYY-sindromi deb ataladi. Sindrom faqat erkaklarda kuzatiladi, kasallangan erkaklarda bitta ortiqcha Y-xromosoma boʻladi. Tadqiqotlarga koʻra har 850 ming nafar erkakdan bir nafarida ushbu sindrom kuzatiladi.

Sindromga chalingan erkaklar boshqalarga qaraganda baquvvatroq, balandroq va tezroq harakat qilishadi.Yomon tarafi esa intellekt koeffitsiyentlari oʻrta darajadan past boʻladi. Bu holatni nutqni past rivojlanishi, diqqatni jamlay olmaslik, aleksiya (bilimlarni oʻzlashtirolmaslik)da koʻrishimiz mumkin. Shuning uchun ham xalqimizda “Boʻydan bergan-u aqldan bermagan” degan gap yuradi.
Bu sindromni ilk bolalik davridan aniqlansa davolash mumkin. Agar sindrom bilan kasallangan bemor bolaga oʻz vaqtida psixologik, pedagogik, fiziologik yordam koʻrsatilmasa, bemor bola ulgʻaygani sari baquvvat kuchli bo'lib boradi lekin aqli zaif boʻladi.


Kanalga ulanish: @Dr_Muxtorov