Get Mystery Box with random crypto!

Akademiya da u chunki. Toshkent tibbiyot akademiyasi ayrim fa | Doctor Muxtorov

Akademiya da u chunki.

Toshkent tibbiyot akademiyasi ayrim fakultetlar uchun kontrakt to‘lovini 9 mln 129 ming 930 so‘mdan 19 mln 430 mingga (stipendiyasiz ) ko‘targani aytilmoqda. Ma’muriyat buni moliyaviy mustaqillik berilgani bilan izohlayotgan ekan. Bo‘ldi, boshqa gap yo‘q.

- Bolam, biz moliyaviy mustaqil bo‘ldik. Endi bobong bizga pul bermaydi, degandek bo‘libdi.

Biz bu pulni bunchasiga senga baxilla beramiz, bunchasiga oq xalat, kalpak, vlerianka beramiz, ibn Sino kelib dars o‘tadi, unga buncha to‘laymiz, Gippokrat qasam uchun mualliflik huquqi so‘rayapti, unga to‘laymiz, degan batafsil izoh yo‘q.

Yana bu dargohda Xalq tabobati degan fakultet ham bor ekan. Arzimagan 15 mln so‘m to‘lovi bilan. Zamonaviy tibbiyot xalq tabobatini tan olmaydi o‘zi. Ammo soqqa tushar bo‘lsa prinsiplar ahamiyatini yo‘qotadi.

Ertaga bo‘lajak shifokor kechasi skoriyda ishlab kunduzi leksiyada uxlab kontrakt to‘laydi. Yoki AKADEMIYAdan AKADEMIK ta’til olib Rossiyaga ketadi.

Manbaa: tentakminds telegram kanali.

Kanalga ulanish: @Dr_Muxtorov