Get Mystery Box with random crypto!

Har kimning oʻz narxi bor.. Kimdadur bilim bor, lekin tajriba | Diyor Tursunov | Blog

Har kimning oʻz narxi bor..

Kimdadur bilim bor, lekin tajriba yoʻq. Bilimini sotishi mumkin, tajribasi boʻlmay turib buni aʼlo darajada amalga oshirib boʻlmasa kerak.

Hozirda marketing sohasida arzimagan summaga butun boshli smmʼni yurgizib beramiz, "birinchi oydan 1000$ maosh" degan kurslar, agenstvolar anchagina ommalashib qoldi.

Buning natijasida kelaji bor boʻlgan SMM sohasi saviyasi tushib ketmoqda, tadbirkorlarda SMMʼga boʻlgan ishonchni yoʻqolishi, kurs bitiruvchilarida ish topolmasligi va hkz.

Oʻz xizmatingizga narx belgilayotganingizda tajribangiz, bilimingiz va bosib oʻtgan yoʻlingizga bir qarang, oʻz qadringizni biling, qimmatli tajribangizni qisqa qilib aytganda arzonga berib qoʻymang.