Get Mystery Box with random crypto!

Segmentlarga ajratish Auditoriyangiz kimligini bilmasdan turi | Diyor Tursunov | Blog

Segmentlarga ajratish

Auditoriyangiz kimligini bilmasdan turib mahsulot yoki xizmat turlaringizni qanday qilib sotish mumkin?

Yoki ularni qayerda bo'lishi, nimalar bilan shug'ullanishi-yu nimalarga qiziqishini bilamasdan turib ham to'g'ri reklama berish mumkinmikan.

Maqsadli auditoriyangizni aniqlang, ularni birma-bir segmentlarga bo'lib tashlang. Har bir segment uchun alohida yondashing, ularning yoshi, ijtimoiy holatlari, qiziqishlari, og'riqli nuqtalarini o'rganib chiqing.

"Nima uchun mening xizmatimdan foydalanishi kerak?" yoki "Nima uchun mendan sotib olishi kerak?" degan savolga javob toping.

Qarabsizki, mahsulotingizni qanday va qayerda qay holatda reklama qilish kerekligiyu, ijtimoiy tarmoqlardagi kontent planingiz uchun ham anchagina ma'lumotlarni tayyorlab qo'ygan bo'lasiz.