Get Mystery Box with random crypto!

ILMIYOT 'Har qanday o'ta rivojlangan texnologiyalarni mo'jiza | Davronbek Turdiev Official

ILMIYOT

"Har qanday o'ta rivojlangan texnologiyalarni mo'jizadan ajratib bo'lmaydi"

Artur Klarkning uchinchi qonuni.

Bir necha asrlar oldin insonlar quyosh tutunishini ko'rib, uni bo'ri yutib yubordi - deb o'ylashar edi. Hozir esa maktab bolasi ham quyosh tutinishi nima uchun sodir bo'lishini sizga aytib berishi mumkin. Tabiatda bor qonunlarni topib, ular boshqaradigan kuchlarni ishlatishni o'rganganimizdan so'ng, oldin bo'lishi mumkin emas bo'lgan narsalarni amalga oshirolyapmiz.

Bir necha ming kilometr uzoqlikda joylashgan insonni oldiga bir necha soat ichida uchib borish mumkinligi uyoqda tursin, biz hattoki hech qayerga bormay ham bir birimizni ko'rib gaplasha olamiz.

Shu postni o'qiyotganingizgayam sabab ilmiyotdir. Agar ilmiy rivojlanish bo'lmaganida, katta ehtimol bilan haliyam g'orlarda o'tirgan bo'lar edik. Menimcha ilmiyot kabi insoniyatning rivojlanishiga ta'sir qilgan narsa bo'lmasa kerak. Meditsina va internetdan tortib, kosmik kemalargacha, barchasi ilmiyot. Atrofingizdagi 99% narsa aynan ilmiy izlanishlar tufayli yuzaga kelgan.

Yuqoridagilarni rad qilib bo'lmas fakt sifatida qabul qilsak, meni hayratga soladigan bir holat yuzaga keladi: nima uchun deyarli hech kim ilmiyotga qiziqmaydi?

Rivojlangan mamlakatlar Marsga insonni uchiraman - deb turgan bir paytda, bizda yozning o'rtasida chiroq o'chib turibdi.

Qanaqa firkda bo'lishingizdan qat'iy nazar: mamlakatimizda ilmiyotni rivojlantirmas ekanmiz, biz hech qachon taraqqiyot va barqarorlikka erisholmaymiz!