Get Mystery Box with random crypto!

MARKETING Tadbirkorlikda bir nechta asosiy narsalar mavjud va | Davronbek Turdiev Official

MARKETING

Tadbirkorlikda bir nechta asosiy narsalar mavjud va ularning biri - bu marketing. Marketing tushunchasi judayam keng qamrovga ega, ko'pchilik ushbu so'z ostida asosan sotishni tushunishadi. Agar bu so'zga ilmiy ta'rif beradigan bo'lsam, marketing - mijozlarga mahsulot va xizmatni yetkazib berish tizimidagi funktsiyalar to'plami va kompaniyaning foydasi uchun mijozlar bilan quriladigan munosabatlarni boshqarish jarayonlari.

Agar siz marketing faqat savdoni amalga oshirish uchun ishlaydi - deb o'ylasangiz sizning kompaniyangiz uzoqqa bormaydi. Bu holatni men o'zimning shaxsiy tajribamdan kelib chiqib aytolaman.

Xo'sh agar marketingni asosiy funktsiyasi savdo bo'lmasa, unda nima? Katta va muvaffaqiyatga erishgan kompaniyalarni ko'rib shubhasiz aytish mumkinki, marketing - bu munosabat! O'z mahsulotingizga, brendigizga va kompaniyangizga bo'lgan munosabat. Odamlar va sizning biznesingiz o'rtasidagi munosabat. Agar bu munosabatingiz uzoq muddatli bo'lishini xohlasangiz, urg'u berishingiz kerak bo'lgan eng asosiy jarayon - bu mijoz mahsulotingizni sotib olganidan keyingi holat.

Aksariyat kompaniyalar va marketologlar faqat sotishga urg'u qaratishadi, ammo bu strategiya uzoq muddatli muvaffaqiyatga olib kelishi juda qiyin. Agar sizning mijozlaringiz, mahsulotni sotib olganlaridan so'ng qaytib siz bilan ishlashni xohlashmasa, demak sizning marketing strategiyangiz umuman noto'g'ri.

Tadqiqotlarga qaraganda eng zo'r marketing bu "sarafan marketing" hisoblanadi. "sarafan marketing" esa aynan savdo bo'lganidan keyin boshlanadi. Qisqa qilib aytganda sizning xizmatlaringiz shunaqa zo'r bo'lishi kerakki, mijozlaringiz mijozlarni olib kelishlari kerak. Buning uchun urg'uni aynan mahsulot sifatiga va xizmat ko'rsatishning yuqori darajada bo'lishiga qaratishingiz kerak.

Mening atrofimdagi muvaffaqiyatli tadbirkorlarda shu holatni anchadan beri kuzataman. Ular marketingga minimun pul tikib, maksimum foyda olishadi, chunki ularda "sarafan marketing" juda yaxshi ishlaydi. Eng qizig'i qanchalik biznes muvaffaqiyatli bo'lsa "sarafan marketing"ning ulushi ularda shunchalik ko'p bo'ladi.