Get Mystery Box with random crypto!

ASAB Inson o'zini ongli ravishda boshqarishiga miyaning dorso | Davronbek Turdiev Official

ASAB

Inson o'zini ongli ravishda boshqarishiga miyaning dorsolateral qatlami javob beradi. Bu qatlam ongli fikrlashga va irodagayam javob beradi. Kelli Makgonigal o'zining "Iroda" nomli kitobida aytishicha - irodani kuchaytirish uchun miyaning dorsolateral qatlamini shug'ullantirish kerak.

Undan tashqari dorsolateral qatlam jahlingiz chiqqan paytda o'zingizni qo'lga olishingizga yordam beradi.

Bir narsani o'ylab ko'ring: ongli fikrlashga, irodaga javob beradigan miyaning bo'limi, jahlimizni boshqarishimizgayam javob beradi. Yani siz qanchalik aqlli bo'lsangiz va qanchalik irodangiz kuchli bo'lsa, sizning jahlingiz shunchalik kam chiqadi. Bu holatdan istisnolar bor albatta, ammo ular kam. "Jahl chiqsa, aql ketadi" degan maqol bu holatda o'zini 100% oqlaydi.

Shuning uchun agar o'zingizni asabiy inson - deb bilsangiz, miyangizni rivojlantirishga harakat qiling, balki shu sizga yordam berar. Agar asabi tez buzuladigan va jahldor insonni ko'rsangiz, ahamiyat bermang, balki u insonda ongli fikrlash sustligi bordir.