Get Mystery Box with random crypto!

'DO'STNING ZARBASI' Qalbim bechora ming pora sochildi, So'zni | Doston Mahmud | Rasmiy Kanal

"DO'STNING ZARBASI"

Qalbim bechora ming pora sochildi,
So'zning zarbasidan, so'z zarbasidan.
Ko'zlarim ochildi, ko'zim ochildi,
Do'stning zarbasidan, do'st zarbasidan.

Birni topib ortdan o'nni yo'qotdim,
Ustimdagi issiq to'nni yo'qotdim.
O'zim yo'qotdim eh o'zni yo'qotdim,
Do'stning zarbasidan, do'st zarbasidan.

Ishonch yo'qotilib oqibat o'ldi,
Yurakka g'am-qayg'u ko'zga nam to'ldi.
Boshginamga to'qmoq tushgandek bo'ldi,
Do'stning zarbasidan, do'st zarbasidan.

Boshimni ko'tarib yurolmay qoldim,
Yiqilib o'rnimdan turolmay qoldim.
O'sha yig'lagancha kulolmay qoldim,
Do'stning zarbasidan, do'st zarbasidan.

Sizga yetkazmoqchi bo'lgan so'zlarim,
Do'stning va'dasidan, do'st nag'masidan.
Sizlar ham ehtiyot bo'ling do'stlarim,
Do'stning zarbasidan, do'st zarbasidan.

#Doston_Mahmud

@DostonMahmudRasmiy