Get Mystery Box with random crypto!

'SHERDEK YASHA' Hokisorga bo'lib hokisor, Yerdek yasha dunyod | Doston Mahmud | Rasmiy Kanal

"SHERDEK YASHA"

Hokisorga bo'lib hokisor,
Yerdek yasha dunyoda do'stim.
Kerilganga kerilib sherdor-
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

Ular sabr qilganing sayin,
Boshga chiqmoq bo'lar atayin.
Senga hayot sirin aytayin,
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

Kim ortingdan toshlar otsa ham,
Ko'zing qonga to'lib qotsa ham.
Eng ishongan do'sting sotsa ham,
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

Omad kelsa qo'sha-qo'shalar,
Poyinga zar yolg'on to'shalar.
Gar sirtlondek bo'lsa o'shalar,
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

Har kim quloq solsin so'zinga,
Haddin bilsin qarab ko'zinga.
Sen qirolsan ishon o'zinga,
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

Atrofingda tulki bo'lar bo'z,
Bo'ridan ham chiqavermas do'st.
Doston Mahmud aytar so'ngi so'z-
Sherdek yasha dunyoda do'stim!

#Doston_Mahmud

@DostonMahmudRasmiy