Get Mystery Box with random crypto!

Dorululum Istanbul|Rasmiy Kanal

Telegram kanalining logotibi dorululumofficial — Dorululum Istanbul|Rasmiy Kanal D
Telegram kanalining logotibi dorululumofficial — Dorululum Istanbul|Rasmiy Kanal
Kanal manzili: @dorululumofficial
Toifalar: Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.52K
Kanalning ta’rifi

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI | @dorululumofficial

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-03-09 17:49:23
#Раббоний_олим

Бирор нарса олим-уламолар билан ҳамсуҳбат бўлишнинг ўрнини боса олмайди, чунки улар жонли китоблардир.

Аллома Муҳаммад Аввома ҳафизаҳуллоҳ.

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
458 viewsedited  14:49
Ochish/sharhlash
2023-03-08 10:21:18 Ustozim Alloma Muhammad Avvoma matnlarni yodlash kerakligi haqida nasihat qilar ekan ustozlari Shayx Abdulloh Sirojiddinning yodlashga bo’lgan himmatlarini aytib beradilar:

-  Ustozim Abdulloh Sirojiddin umrlarining so’ngida ham hadislarni yodlashdan charchamas edilar. Hatto Imom Ahmadning Musnadlarini yodlagan edilar.

U kishi yoshliklarida matnlarni yodlashni boshlamoqchi bo’lganlarida Azhar ulamolari tayyorlashgan “Muhimmatul-Mutun” kitobini uchratib qoladilar. U kitob 63 ta matn va manzumalarni o’zi ichiga olgan ekan. Barchasini yodlab chiqadilar.

Qarashsa nahv, sarf, usuli hadisda yodlaganlari kamdek tuyuladi. Imom Ibn Molikning nahv va sarfdagi Alfiyasi, Imom Iroqiyning usuli hadisdagi Alfiyasi va yana bir qancha matnlarni ham yodlashadi.

“Muhimmatul-Mutun” matning 4chi nashrida Shayx Abdulloh ilova qilgan alfiyalar ham qo’shib nashrdan chiqadi. Ushbu kitob 66 ta matn va manzumani o’z ichiga olgandir.

● Kamina ustozning nasihatlarini siz azizlarga yetkazmoqchi vojib deb bildim. Ushbu kitob hozirda yonimda turibdi.

Kitob 66 matn va manzumalardan tashkil topgan bo’lib 824 sahifadan iboratdir. Mundarijaga qarasangiz ma’lum bo’ladiki, deyarli har bir fanda yodlanadigan – mahfuz bordir.

Yanagi safar Aloh taolo nasib qilsa Qur’oni Karimni yodlash ahamiyati haqidagi nasihatlarini sizlar bilan baham ko’raman.

● Alloh taolo barchamizga shunday himmat bersin. Ulamolarimizning kitoblarini mutolaa qilish bilan kifoyalanmay ularni yodlashlikni ham nasib qilsin. Yodlashga bo’lgan rag’batimizni kuchaytirsin.

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
535 viewsedited  07:21
Ochish/sharhlash
2023-03-08 10:07:12
●   Авродлар... Ушбу калима бугун мусулмонлар ҳаётида жуда ғариб ҳолга келиб қолди. Бугунги вирдим - вазифамни унутибман, эртага адо этиб қўяман дейдиганлар қаерда қолишди? Аллоҳнинг Китобидан тиловат қилишни вирд қилиб олганлар, сўнгра истиғфор айтишдан вирдни, сўнгра саййидимиз Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламга саловот айтиш вирдларини ўзларига лозим тутганлар қаерда қолишди?! Эртаю кечларда вирдларни вазифа тутиб олган кишилар қаерда қолишди?

Шайх Муҳаммад Саид Рамазон Бутий раҳимаҳуллоҳ.

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
484 views07:07
Ochish/sharhlash
2023-03-08 10:04:47
● Шайхинг ҳузурида ўтирганингда нафақат устоз ва муаллимнинг  олдида ўтиргандай эмас балки, назарингда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг васиятлари, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васалламнинг ўринбосари, меросхўри ҳузурида тургандай тутгин. Ва унинг ҳузурида турганингда ўз вужудингда Аллоҳнинг сирри бордай ҳис этгин.

Шайх доктор Ражаб Диб раҳимаҳуллоҳ .

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
565 viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2023-03-07 16:17:09


Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da Ramazon oyida umra fazilati haqida YouTube sahifamizda suhbat bo'lib o'tadi.

YouTube
: https://www.youtube.com/@muhammadodiluz/

Eslatma: Jonli efirni o'tkazib yubormaslik uchun, havolaga kirib qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'ying.

USTOZ MUHAMMAD ODIL HAMID

Telegram Instagram YouTube Facebook
310 views13:17
Ochish/sharhlash
2023-03-07 13:33:40
Ramazonda Umra qilish va Madinai Munavvarada bo‘lish tavfiqini bergan Robbimga hamdlar bo‘lsin.

@muhammadodiluzofficial
479 views10:33
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:40:04
  Агар Мусо алайҳиссалом келтирган рисолатнинг бош мақсади Бани Исроил қавмини Фиръавн, Қорун ва Ҳомоннинг жабр зулмидан озод этиш учун бўлган бўлса, Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам келтирган рисолат бутун инсониятни фиръавнлар, ҳомонлар ва қорунлардан озод қилиш, қутқариш ва поклаш учун эди.

Шайх Юсуф Қарзовий.

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
481 views08:40
Ochish/sharhlash
2023-03-07 11:37:06
Ilmiy va amaliy barcha ishlarimizda har doim koʻpchilik musulmon ulamolari amal qilgan narsani lozim tutishimiz zarurdir!

Shayx Muhammad Avvoma hafizahulloh.

XALQARO DORULULUM ISTANBUL AKADEMIYASI

@dorululumofficial
450 viewsedited  08:37
Ochish/sharhlash
2023-03-06 18:12:22 https://www.youtube.com/live/tcNv8mBFQhc?feature=share
482 views15:12
Ochish/sharhlash
2023-03-06 17:48:47
Bugun Toshkent vaqti bilan 20:00 da Baroat kechasi haqida YouTube sahifamizda suhbat bo'lib o'tadi.

Suhbatni o'tkazib yubormaslik uchun YouTube sahifamizga a'zo bo'lib qo'ying.

YouTube : https://www.youtube.com/@muhammadodiluz/

Eslatma: Darslarni o'tkazib yubormaslik uchun, havolaga kirib qo'ng'iroqcha tugmasini bosib qo'ying.

Telegram Instagram YouTube Facebook
261 views14:48
Ochish/sharhlash