Get Mystery Box with random crypto!

​​#KARMETADIN Dori shakli: tabletka Tarkibi: • faol mod | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​#KARMETADIN

Dori shakli: tabletka

Tarkibi:
• faol modda: trimetazidin digidroxloridi
• yordamchi moddalar: suvsiz kalsiy gidrofosfati, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, polietilenoksid, povidon, ksantan kamedi, magniy stearati

Farmakoterapevtik guruhi:
Antigipoksantlar va antioksidantlar

Qoʻllanilishi:

Kardiologiya: yurak ishemik kasalligini uzoq muddat davolash: monoterapiyada yoki boshqa preparatlar bilan birga stenokardiya xurujlarini bartaraf qilish 
Otolaringologiya: ishemiya oqibatida rivojlangan koxleo-vestibulyar buzilishlar: bosh aylanishi, quloqlarni shangʻillashi, gipakuziyani davolash
Oftalmologiya: ishemiya elementlari bilan kechuvchi xorioretinal buzilishlarni davolash uchun qoʻllanadi

Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar:

preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik
– homiladorlik va laktatsiya davri
– Parnkinson kasalligi, parkinsonizm simptomlari, tremor, “bezovta oyoqlar” sindromi va u bilan bogʻliq boʻlgan boshqa harakat buzilishlarida qoʻllash mumkin emas


Nojoʻya taʼsirlari:

qorinda ogʻriq, diareya, dispepsiya, koʻngil aynishi, qusish qabziyat
MNTda buzilishi: bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi, uyquni buzilishi
teri toshmasi, qichishishi, eshakemi, oʻtkir tarqalgan ekzantematoz pustulyoz, Kvinke shishi
yurak urishini his etish, ekstrasistoliya, taxikardiya, arterial bosim yaqqol pasayishi
agranulotsitoz, trombotsitopeniya, trombotsitopenik purpura


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona