Get Mystery Box with random crypto!

​​#INDOMETATSIN Dori shakli: tashqi qòllash uchun surtma | DORILAR DORIXONA APTEKA

​​#INDOMETATSIN

Dori shakli: tashqi qòllash uchun surtma

Tarkibi:

faol modda: indometatsin ‐ 4,0 g
yordamchi moddalar:
 dimetilsulfoksid, mochevina, makrogol 400, makrogol 1500, propilenglikol, levomentol, metilparagidroksibenzoat, propilparagidroksibenzoat, tozalangan suv.

Farmakoterapevtik guruhi:
Nosteroid yallig’lanishiga qarshi vosita

Qòllanilishi:

Òtkir va surunkali revmatoid artrit, osteoartrit, osteoartroz, ankilozlovchi spondilit, psoriatik poliartrit, podagrali artritni majmuaviy davolashda qo'shimcha;
– Tayanch-harakat apparatining bòģimdan tashqari revmatizmini lokal shakllari: tendinit, sinovit, tendovaginit, fassiyalarning yallig’lanishi va bòģim paylari;
– Tayanch-harakat apparatining postravmatik shikastlanishi - chòzilish, chiqishlar, lat yeyishlarda yallig’lanish, oģriq va shishlarni simptomatik davolashda qòllaniladi.


Qòllash usuli va dozalari:

Surtma shikastlanishlangan sohalarga sutkada 3-4 marta, teriga tòliq sòrilguncha ishqalab surtiladi. Bir marta surtish uchun surtma miqdori shikastlanishlangan maydonga boģliq va taxminan 4-5 sm ni tashkil etadi. Har 6 soatda qo‘llash mumkin. Davolash davomiyligi 7-10 kun

Qòllash mumkin bòlmagan holatlar:

preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda
– nosteroid yallig’lanishiga qarshi preparatlarga yuqori sezuvchanlikda
– koagulopatiya, leykopeniya, trombositopeniya
– me‘da va 12 barmoq ichak yara kasalligi zòrayish bosqichida
– 14 yoshgacha bo'lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas!


Nojòya ta'sirlari:

Immun tizimi tomonidan: kam hollarda mahalliy shish va vezikulyar toshmalar,angionevrotik shish va bòģilishlar rivojlanadi.
– Me‘da-ichak yo‘llarida: terining katta sohalariga qo‘llanganda rezorbtiv nojòya ta'sir (ishtaxa yòqolishi, kòngil aynishi, qusish, diareya, og'riq, qonketish va yaralar), jigar fermentlari faoliyati oshishi.
– Teri va teri osti tòqimalarda: qòllangan sohada achishish, qizarish, qichishish, toshma, terini qurishi. Bunday hollarda qo‘llashni tòxtatish kerak


Bizdan uzoqlashmang yaqinlaringizga ham ulashing kanalga ulaning:

https://t.me/dorilar_dorixona