Get Mystery Box with random crypto!

Jur’at Biz “hayot” deb nomlaydigan bu voqeiyliklarni kimlar o | Dildora Yuldosheva

Jur’at

Biz “hayot” deb nomlaydigan bu voqeiyliklarni kimlar o’ylab topgan? Bizga o’xshagan odamlar. Biz boshqalar yurgan yo’ldan yurishga majbur emasmiz va hech kim majburlamaydi ham. Shunchaki taqlid qilish osonroq. Ruhimiz, tanamiz xohlayotgan ishlarni qilishga jur’atimiz yetmagani sabab ham biz o’zimziga to’g’ri kelmagan yo’ldan bo’lsada yuraveramiz. Biror ishni qilolmayotganligimizda tashqi omillarni sabab qilib ko’rsatamiz, aslida o’zimizdan boshqa hech kim sabab bo’la olmaydi. Tashqi ta’sirlarga qarshi kurasha olmayotgan - biz! Jur’atsiz qo’rqoq - biz!

O’zimiz qilmoqchi bo’lgan ish mas’uliyatini ko’tara olmaymiz, tashqaridagi fikrlarning ahamiyatini ziyodalashtirib, ruhimizning xohishlarini eshitmay qo’yganmiz.

Xato qilishdan yoxud muammolarga duch kelishdan qo’rqqanmizdanmi, qarorlar qabul qila olmaydigan bo’lib qolganmiz. Aslida, to’g’ri yoki mukammal qarorni o’zi yo’q. Vaziyatga qarab o’rinliroq va ahamiyatliroq qarorlar bor xolos. Biriga to’g’ri kelgan qaror, boshqasiga ham to’g’ri keladi degani emas.

Muammolarchi? Ular hayotni bir bo’lagi, bunga ko’nikish kerak. Muammoni tabiiy holat deb qabul qila olishimiz kerak. Har qanday sohada.