Get Mystery Box with random crypto!

Vizuallashtirish nega kerak? Statistikaga ko’ra matematik mas | Dildora Yuldosheva

Vizuallashtirish nega kerak?

Statistikaga ko’ra matematik masalalarni qo’g’ozga tushirib yechadigan o’quvchilar hayolida ishlaydigan o’quvchilardan 6 barobar yaxshiroq natija ko’rsatishar ekan.

Qog’ozga tushirilgan (vizuali bor) muammolarni yechish faqat matematika emas, hayotimizdagi har qanday situatsiyada kerak bo’ladi. Ba’zilari:

1. Kunlik rejalarni doimiy yozib yurish - qilish kerak bo’lgan ishlar esdan chiqib qolmaydi. Ma’lum muddatdan keyin qanday ishlar bilan band bo’lganingizni ko’ra olasiz (shaxsiy statistika);

2. Suhbatlar (interview, konferensiya, oila a’zo yoki do’stga aytilishi kerak bo’lgan gaplar)ni avvaldan yozib qo’yish - nima gapirishni bilmay o’zingizni va birovlarni vaqtini o’g’irlashni oldini oladi. Gaplar dadil, qisqa, muhimi, hayolga hozir kelgan oldi-qochdi bo’lmaydi.

3. Bozorlikni ro’yhat qilish - pulni to’g’ri rasamatlaydi, keraksiz xaridni oldini oladi.

4. Sayohatda nimalar qilinishini oldindan yozib qo’yish (kunlarga taqsimlab) - sayohatga ko’pincha notanish joyga boriladi. Oldindan rejalarni yozib olayotganda borilayotgan bino, muzey yoki kafening ishlash vaqtlari, mavjud chiptalar tekshiriladi. Boriladigan manzillar ham bir-biriga yaqin qilib tanlanadi.

O’quvchilar ham kundalikka qarab darsliklarni yig’salar, kerakli kitob-daftarlar uyda qolib ketmaydi

@dorayuldash