Get Mystery Box with random crypto!

Opportunity cost (Tanlov narxi yoki Badal) Hayotimizda qanda | Dildora Yuldosheva

Opportunity cost (Tanlov narxi yoki Badal)

Hayotimizda qanday hodisa ro’y bermasin biz barchasi uchun haq to’laymiz (biznes sohasida “opportunity cost” deyiladi).

Hodisalar uchun biz to’laydigan narsa faqat pul emas. Vaqt va boshqalari ham bor:

• Buyum sotib olish uchun pul
• Telefon o’ynash uchun vaqt + internet
• Bilim olish uchun energiya + vaqt
• Farzand uchun sog’liq + uyqusiz tunlar
• Oila uchun karyera
• Ish uchun xordiq
• Ibodat uchun uyqu
• O’qishga kirish uchun o’yin-kulgudan voz kechamiz. Aynan shular “opportunity cost” - shu hodisalarning baxolari (narxlari) hisoblanadi.

Bundan ikkita xulosa qilish mumkin:
1. Biror narsaga intilayotganda unga nimalardan voz kechib erishish mumkinligi haqida o’ylab ko’rish;

2. Boshqalar erishgan natijalar sizda ham bo’lishini istaganingizda, u qilgan to’lovlarni siz ham qila olish yoki qila olmasligingizga ahamiyat berish;

@dorayuldash