Get Mystery Box with random crypto!

Psixologlar qizil ruchkada xatoni belgilab ko‘rsatish yosh bol | Isroil Tillaboyev blogi

Psixologlar qizil ruchkada xatoni belgilab ko‘rsatish yosh bolalarda ong ostida xatoga nisbatan intilishni olib kelishi tufayli, aksincha to‘g‘ri javobni yashil ruchkada belgilash shunday to‘g‘ri javobga rag‘bat qilishni ta'kidlab, shuni maslahat beradi.

Mana bu ikki devday odamlarni har harda videosini ko‘rib qolaman, ko‘cha-ko‘yda bo‘lgan-bo‘lmagan savollarni berishadi. Bu insonlardan podpiskasidan chiqib ketish kerak deb o‘ylayman, chunki:

Birinchidan, bular ushbu 5-6 ta odamga savol berishmaydi, 50-60 balki yuzlab yoshlarga savol berishadi, ular ichidan eng xato topganlarni videosiga joylaydi (qizil ruchka sindromi).

Ikkinchidan, duch kelgan joyda to‘satdan savol berib, juda tezlikda manipulyatsiya qiladi miyangizni, siz xatto savolni o‘ylashgayam vaqtiz yetmaydi, duch kelgan bor variantni aytasiz, xuddi chinorda 5 ta olma mevasi bor 2 tasini uzsam nechta olma qoladi? kabi. Yoki variant ichiga to‘g‘ri javobni qo‘yishsa ham mayli edi...

Uchinchidan, bular xato topgan kishilarga to‘g‘ri deb sovg‘a berib yubormoqda, aslida to‘g‘ri topganga berishi kerak emasmi, maqsadni tushundingiz-a?

To‘rtinchidan, har bir odamni videoga olishdan keyin undan bu videoni internetga joylash haqida ruxsat so‘rashi qonuniy talab. Bu yoshlar ertaga kimlardir ustidan kulib yurilishiga ko‘nmasalar kerak deb o‘ylayman xarholda. Shu ikkisini kimdir sudga bersa aniq yutib chiqadi, shaxs dahlsizligi qonunda belgilangan.
Beshinchidan, hamma yoshlarimiz bunday o‘qimagan emas, aksincha, aqli yetsa ana, ilmiy savollarni berib ko‘rsin, yorvoradigan bolalar bor, aslida ana shunday yoshlarni ko‘p-ko‘p ko‘rsatish kerak, ong o‘zgaradi yoshlar o‘rtasida ham (yashil ruchka effekti).

Xalqni savodsiz ko‘rsatuvchi va kuluvchi bu blogerlarga afsuski qaysidir (Samarqand edi adashmasam) viloyat(shahar) hokimiyati bularni chaqirib fahriy yorliq berganini ko‘rib essiz deganman.

Xullas,  bularni jamiyat uchun boshqa foydali kontentlar qilishiga chaqirib qoladigan jamiyat nazorati kerak bu nazoratni eng yaxshisi birinchi bo‘lib shunchaki bloklash, deb o‘ylayman.

@domlajon
t.me/domlajon