Get Mystery Box with random crypto!

Davomi Iqlim Ob-habo borasida ham ko’pchilikka yoqishi mum | Isroil Tillaboyev blogi

Davomi

Iqlim
Ob-habo borasida ham ko’pchilikka yoqishi mumkin. Dengiz bo’yida bo’lsa ham, Sidneyda umuman namgarchilik sezmadim. Hamma fasl bor, lekin yoz va qish mo’tadil, bizdagi kabi qattiq issiq ham, qattiq sovuq ham yo’q.

Islom
Kamchiliklardan biri halol oshxona topish bo’ldi. Shuningdek, masjid-namozxonalarni ham qidirish kerak. Lekin demokratik mamlakat bo’lgani uchun, odamlarni bir-biri bilan ishi yo’q. Dinga qo’ldan kelgancha amal qilish mumkin. Faqat yosh bolalar borasida, tashqi muhitning ta’siri haqida aniq fikrim yo’q.

Xulosa o’rnida, qisqa tajribam bo’yicha, Avstraliya ham biz o’zbeklar ko’proq kashf etishga arziydigan joy deb o’ylayman. Faqat u yerdagi vatandoshlarimiz ham o’zlarining o’qish, ish va yashash tajribalarini ko’proq bo’lishsa, xalqimizda aniqroq tasavvurlar paydo bo’lar edi. Men gaplashgan yigitlar ham Dubay, Singapur, Malayziya, Koreya kabi rivojlangan joylardan Sidneyga kelib afsusda emasliklarini aytishdi.

Bobur Muradov, Malayziya

https://t.me/domlajon
@domlajon