Get Mystery Box with random crypto!

Doktor Ergashev

Telegram kanalining logotibi doktor_ergashev_official — Doktor Ergashev D
Telegram kanalining logotibi doktor_ergashev_official — Doktor Ergashev
Kanal manzili: @doktor_ergashev_official
Toifalar: Psixologiya
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 147
Kanalning ta’rifi

Ruhni davolamay turib tanni davolab boʻlmaydi (Suqrot)
👨‍⚕️🧠 Shifokor-Psixoterapevt, Gipnolog
🎓 Magistr - Tashkent Medical Academy
📞 Murojaat uchun: @asqarbek_ergashev

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

2


Oxirgi xabar 2

2022-08-20 12:41:40 Ogʻriq butun organizm yoki organlar funksiyasining buzilganligi haqida, kasallik toʻgʻrisida ogohlantiradi, uni aniqlashga va toʻgʻri davolashga imkon beradi. Shu bilan birga ogʻriq sezgi hissiy kechinma sifatida qiyin ahvolga soladi, unga orom va uyqu bermaydi, ish qobiliyatini pasaytiradi va boshqa noqulay ahvollarga olib kelishi mumkin. Agar ogʻriq haddan tashqari boʻlsa hattoki shok holatiga ham olib kelishi mumkin.

Umuman olganda ogʻriq organizmning ishonchli qoʻriqchisi hisoblanadi, agar tanamiz ogʻriq sezmaganda biz hayotdan erta koʻz yumishimiz mumkin edi (Masalan qoʻli kesilgan inson ogʻriq sezmasa u qonni toʻxtatishga harakat ham qilmaydi).Ogʻriq tufayli biz oʻzimizni himoya qilamiz va hayotimizga xavf solib turgan sharoitlardan oʻzimizni olib qochamiz.

Tanadagi ogʻriqlardan qutulishda bizga shifokorlar va dorilar yordam bersa ruhiy ogʻriqlardan chiqib ketishda ruhshunos va psixoterapevtlar juda katta yordam berishadi
539 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:41:17
Ogʻriq — oʻta kuchli yoki organizmga zarar yetkazuvchi taʼsirlarga javoban organizmda roʻy beradigan noxush fiziologik jarayon, organizmning himoyalanish reaksiyasi.
433 views09:41
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:40:39
Gipnoterapiya - ruhiyat bilan bogʻliq kasalliklarni davolashning eng samarali usulllaridan biri hisoblanadi.

Ushbu davolash uslubining oʻziga xosligi shundaki bunda asosiy eʼtibor tanaga emas balki insonning ruhiyatiga qaratilib, ruhiyatni davolash orqali butun organizmdagi muammolar ham bartaraf etiladi

Telegram | Instagram | Facebook | Youtube | Tik tok | Odnoklassniki
231 viewsedited  09:40
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:37:19 Minnesota Universiteti olimlari yig‘lash davomida biroz ko‘z yosh to‘kib olgan 88,8% kishilarda kayfiyat ko‘tarilishi jarayonini payqadilar. Buning boisi inson tushkunlik holati sabab yuzaga kelgan ko‘z yoshdan halos bo‘lishidadir. Organizm ko‘z yosh bilan birga tanadan yurak hurujini paydo qiluvchi moddani chiqarib tashlaydi. Bundan tashqari, yig‘lash jarayoni chuqur nafas olish bilan kechib, ushbu holat tanadagi kortizol – stress gormoni darajasining pasayishiga olib keladi.

Yigʻlash natijasida ruh va qalbi qiynab kelgan muammolar koʻz yoshlari bilan chiqarib tashlanadi. Shuning uchun ham yigʻlab olgan insonlar ancha yengil tortadilar

Ammo, har narsaning me’yori yaxshi bo‘lgani kabi yig‘ida ham chegarani unutmagan durust. Haddan ortiq ko‘p yig‘lash teri qatlamlarida namlikning yo‘qolishi, buning natijasida esa rangi va holatining yomonlashishiga olib keladi. Olimlar haftada bir marta yig‘lab olishni me’yoriy holat deya baholashmoqda.
165 views09:37
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:37:00
Minnesota hamda Lankaster universiteti olimlari yig‘i va uning natijasida organizmda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzata turib, yig‘lash ham inson uchun kulishdan kam bo‘lmagan ijobiy natijalar berishini aniqladilar. Bu borada faqatgina qachon va qanchalik ko‘p yig‘lashning ahamiyati bor.i
155 views09:37
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:34:55
Qattiq hayajon o'zi nima? Bu insonning ichki dunyosi bilan o’zi kurashishi demakdir.

Hayajonlanish hammamizning hayotimizda kuzatiladigan holat hisoblanadi. Ba'zan biz hayajonlanish tufayli bir qator noqulay holatlarga duch kelamiz.

Ushbu videoda hayajon nima va uni qanday yengish usullari haqida kerakli ma'lumotlar berilgan

Murojaat uchun:
+998-88-306-06-95
166 views09:34
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:30:18
Platsebo effekti (lotincha placebo- foyda bermoq) har qanday dori-darmon yoki muolajaning, hattoki inert yoki samarasiz bo'lgan dori-darmon shunchaki qabul qiluvchining o'zi ishlaydi deb hisoblagani uchun ijobiy natijalarning olinishi

Bunda sog'ayish jarayoni bemor insonning kuchli ishonchi tufayli organizmning sog'ayish mexanizmlarri ishga tushib ketadi

Platsebo terapiya bu uyg'oq holdagi GIPNOTERAPIYA jarayoni hisoblanadi, chunki bunda inson sog'ayishga qattiq ishonadi (gipnoterapiyada ham insonning shubhalari yo'qotiladi)

Kaptchuk shunday degan "Platsebo shunday narsaki bunda sizning miyangiz tanangizga kerakli o'zi bilgan yo'l orqali yengillik va shifo bera oladi"

Platsebo terapiya orqali juda ham kasalliklarni davolash mumkin, bunda eng asosiy rol bemorning davoga bo'lgan ishonchi muhim rol o'ynaydi

Biz qabul qilayotgan hamma dorilar ham haqiqiy emas ularning ba'zilari shunchaki oddiy dori ta'miga ega bo'lib plastsebo effektini berishi orqali shifo topilinadi.
142 views09:30
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:25:30
Psixogenetika fani hozirda keng koʻlamda oʻrganilayotgan yangi, yosh sohalardan biri hisoblanadi

Ushbu fan psixologiya va genetika fanlarining majmuasidan tashkil topgan boʻlib, kasalliklarning kelib chiqishida ruhiyat va irsiy omillarning naqadar muhimligini bizga tushuntirib beradi
142 views09:25
Ochish/sharhlash
2022-08-20 12:23:23
Stress — inson organizmining haddan tashqari zo’riqish, salbiy emotsiyalar yoki oddiygina zerikishga bo’lgan javob reaktsiyasidir. Stress chog’ida inson organizmi yechim izlashga undaydigan adrenalin gormoni ishlab chiqaradi. Kichik miqdordagi stress hamma uchun kerak, chunki bu kishini fikrlashga, muammodan chiqish yo’lini topishga undaydi, stresssiz hayot zerikarli bo’lar edi. Boshqa tomondan, agar stress juda ko’p bo’lsa, tana zaiflashadi, kuchsizlanadi va muammolarni hal qilish qobiliyatini yo’qotadi.
458 views09:23
Ochish/sharhlash