Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Jojo Moyes 'Sendan keyin' asari Bugun o'z romantik asar | Doctor's Mind 👩‍⚕️

​​​​ Jojo Moyes
"Sendan keyin" asari


Bugun o'z romantik asarlari bilan barchaga ma'lum va mashhur bo'lgan Jojo Moyesning navbatdagi asari haqida gaplashamiz. Barchamiz uning "Sen bilan uchrashguncha" ("To seni topgunimcha") asarini yaxshi bilamiz, hattoki kinofilmini ham ko'zda yosh bilan tomosha qilganmiz. Bugun men mana shu asarning davomi bo'lgan yana bir ajoyib romantik roman "Sendan keyin" haqida fikrarimni bo'lishmoqchiman. Odatda birinchi qismi juda mashhur bo'lgan asarlarning keyingi qismi uning darajasidek mashhurlikka erisha olmaydi, lekin Jojo Moyesning ushbu asari bu fikrlardan yiroq. Hattoki shu seriyadagi asarlarning uchinchi qismi "Men hamon o'sha-o'shaman" ham mashhurlikda o'zidan oldingi qismlardan kam emas.

Xo'sh, "Sendan keyin" qaysi jihati bilan kitobxonni o'ziga jalb qila oladi deb o'ylaysiz? Ushbu asarda Luiza Klarkning Uillning vafotidan keyingi taqdiri yoritilgan bo'lib uning hayotidagi past-balandliklar tasvirlanadi. Luiza Klark Uillning o'limidan keyin o'z shaxsiy hayotini qura oladimi?
Bilamizki ko'pchilik sevishganlarning hayotida ayriliq yuz berganda vafot etganidan ham ko'ra tirik qolgani ya'ni yashayotganiga qiyin bo'ladi. Qaytadan shaxsiy hayot qurish, hayotini yangidan boshlash oson bo'lmaydi. Nima ish boshlasa ham o'zgalarning fikri muhimdek ko'rinadi, o'zini vafot etgan juftining o'limida ayblaydi. Juftining hayotini saqlab qola olmagani uchun o'zini gunohkor deb biladi. Yangi inson bilan tanishishniku gapirmasam ham bo'ladi. Luiza Klark ham aynan shu narsalarni boshdan kechiradi. Uilldan keyingi hayotiga ko'nika olmaydi, psihologik yordam guruhiga qatnasha boshlaydi. Kunlarning birida esa uning hayotiga bir inson kirib kelib uni 180°ga o'zgartirib yuboradi. Xo'sh, Luiza u bilan qanday tanishadi va uning taklifiga rozi bo'ladimi? U aybdorlik hissidan chiqib keta oladimi? Uillni unuta oladimi? Shaxsiy hayotini yangidan qura oladimi? Shu va shunga o'xshash savollarga javobni kitobni o'qigach topasiz.

Ushbu asarda voqealar boshqacha rakursda ko'rsatilgan bo'lib, yangi qahramonlar kitobni o'qish davomida sizni zeriktirib qo'ymaydi. Romantik asarlar ishqibozlari uchun tavsiya qilaman. Albatta yoqadi.

@doctorsmind