Get Mystery Box with random crypto!

​​Ko'pchilik kitobxonlarning ajoyib orzularidan biri bu - hayo | Doctor's Mind 👩‍⚕️

​​Ko'pchilik kitobxonlarning ajoyib orzularidan biri bu - hayollaridagi stellajni yasattirish va unga sevimli kitoblarni taxlash bo'lsa kerak. Menimcha, hech qanday ortiqcha detallar va turli xil bezaklarsiz klassik stellaj eng chiroylisi bo'lsa kerak. Bugun ishga ketishdan oldin dugonamning yangi stellajini ko'rgani bordim. Stellaj darvozadan kirganda to'g'rida joylashgan bo'lib, kirgan odamning birinchi e'tibori kitoblarga tusharkan. Men ham kirishim bilan dugonam bilan so'rashishni ham unutib stellajni oldiga borib olibman))
Xullas, stellaj judayam yoqdi. Menga ham nasib qilsin. Ha aytgancha, stellaj bilan fotosessiya qilishni ham unutmadik))
Rasmda stellajning hamma qismi tushmagan.

@doctorsmind