Get Mystery Box with random crypto!

Дневник

Telegram kanalining logotibi dnevnik_moy — Дневник Д
Telegram kanalining logotibi dnevnik_moy — Дневник
Kanal manzili: @dnevnik_moy
Toifalar: Iltimoslar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 4

Ratings & Reviews

4.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-09-24 04:51:47 ***
Uyingizni topib bormasin xatlar,
Yomg'irlar chertmasin derazangizni.
Sizga hamroh bo'lsin eng og'ir dardlar,
Eng mayda dardlar ham qiynasin sizni.

Sizni bo'm-bo'sh xona ishga kuzatsin,
Faqat stol suhbat qursin siz bilan.
Tunlar ko'rpangizni zulmat tuzatsin,
O't bilan yashamang, yashang muz bilan.

Omadli yo'llarning izini tashlang,
Omadsiz yo'llarda yuring qoqilib.
Meni sog'inguncha siz shunday yashang,
Men shunday yashayabman sizni sog'inib...

Usmon Azim
1 viewedited  01:51
Ochish/sharhlash
2022-06-24 15:36:28
#Iqtibos

Moychechaklar so‘lganida juda xushbo‘y hid taratadi. Birga nonushta qilamiz, deb uyingga borganimda bularni sen uchun olgandim. Sen esa kelmasdan so‘ldirding...

Mirach Chagʻri Oqtosh,
“To'siqlarga qaramay sevdik” kitobidan
3 viewsedited  12:36
Ochish/sharhlash
2022-04-22 11:25:46 Vaqt yaxshi odatlar sabab do'stingizga, yomon odatlar sabab dushmaningizga aylanadi.

"Atom odatlar" Jeyms Klir
7 views08:25
Ochish/sharhlash
2022-04-22 11:18:04 Muvaffaqiyat hayotda bir marta bo'ladigan hodisa emas, balki kundalik odatlar natijasidir.

"Atom odatlar" Jeyms Klir
8 viewsedited  08:18
Ochish/sharhlash
2022-04-20 15:43:24 ..kichik va ahamiyatsiz ko'ringan o'zgarishlar ham, agar doimiy ravishda takrorlansa, yillar davomida hayratlanarli darajaga olib keladi.

"Atom odatlar" Jeyms Klir
8 viewsedited  12:43
Ochish/sharhlash
2022-04-18 09:17:06
#назм

Сен келасан

Автобуслар ҳали қатнайди...
Метролар ҳам тўхтамас бир зум.
Сен чиқасан - хаёлларинг ҳур,
Сен тушасан - кўзларинг маъсум.

Кутиб олар сени эшиклар,
Деразалар ичиккан жуда.
Сен келасан - олам ёришар,
Сен кетасан - дунё осуда.

Қадамингни пойлайди такси,
Манзилингга элтмоқ истайдир.
Сен юрасан - изингда илинж,
Сен кутасан - қатновлар дайдир.

Олам бир-у сен бирсан, ажаб,
Келар ўша оламдан кечгим.
Сен севмайсан - ҳаммага аён,
Сен севасан - билмайди ҳеч ким...

Хуршид Абдурашид

«Гулистон» ва «Театр» журналлари бирлашган таҳририяти:

t.me/online_journal_uz
9 views06:17
Ochish/sharhlash
2022-04-17 13:24:21 @youtubabot
6 views10:24
Ochish/sharhlash
2022-04-10 11:05:54
7 viewsedited  08:05
Ochish/sharhlash
2022-04-03 18:48:18
Brayn Treysidan ishlarni qanday bajarish haqida 4 ta maslahat!

“Jadval” tayyorlang! Nimaga intilayotganingizni aniq aniqlik bilan yozing. Maqsadning ravshanligi juda muhimdir. Ishga kirishishdan oldin maqsad va vazifalaringizni qog‘ozga qo‘ying!

Har bir kuningizni oldindan rejalashtiring! Qog‘ozda o‘ylang. Rejalashtirishga sarflagan har bir daqiqangiz ishingizdan besh-o‘n daqiqani tejashga yordam beradi.

80/20 qoidasini hamma narsaga qo‘llang. Sizning barcha ishlaringizning 20 foizi siz erishgan natijalarning 80 foiziga to‘g‘ri keladi. Har doim barcha kuchingizni biznesning “eng yaxshi” 20 foiziga yo‘naltirishga harakat qiling!

Oqibati haqida o‘ylang! Sizning hayotingiz va ishingiz uchun eng jiddiy, ijobiy yoki salbiy oqibatlarga olib keladigan eng muhim vazifalaringizdir. Ularga ko‘proq e'tibor bering!

@sh_olimov
5 views15:48
Ochish/sharhlash
2022-04-02 19:05:09 Ba'zi odamlarga teng kelishingiz uchun ancha pastga tushishingizga to'g'ri keladi.
5 views16:05
Ochish/sharhlash