Get Mystery Box with random crypto!

Ba'zan Ba'zan chalkashib ketaman O‘zim va yana O‘zimga o‘xsham | Дневник

Ba'zan
Ba'zan chalkashib ketaman
O‘zim va yana
O‘zimga o‘xshamas odamlar orasida
Va ba'zan
Atay chalkashtiraman
O‘zimni
O‘zimni o‘zimga o‘xshamas
Odamlar ichra

O‘xshashga urinaman
Kimgadir,
bilmam
Ba'zan yaxshiroqdek hammadek bo‘lish
Ammo,
Ammo bir qo‘rquv bor
Ichimni yoqqan
Qo‘rqitadi o‘zni o‘zim yo‘q qilish



Nega?
Yaratuvchi ahir yozganda qismat
Jazoladimikan bu ko‘ngil bilan
Yoki mukofotmi?
Ammo qay ishim?
Biror tavbam bormi u qabul qilgan?
Bilmam,
Balki sinar shu holim bilan.

Aziza