Get Mystery Box with random crypto!

Diyor Shixnazarov

Telegram kanalining logotibi diyor_shixnazarov — Diyor Shixnazarov D
Telegram kanalining logotibi diyor_shixnazarov — Diyor Shixnazarov
Kanal manzili: @diyor_shixnazarov
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 123
Kanalning ta’rifi

Maqsadni Kislorod deb olamiz!
Bu sahifamda siz o'zingizga har doim kerak bo'ladiga bilimlarni olib borasiz!
.
Bizni boshqa ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring⤵️
http://myurls.co/diyorbek_shixnazarov
.
.
Murojat: @diyor_shix1

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

2

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2021-10-08 20:11:00 Tushuntirma!

Ba'zan yaqin insonlaringiz sizni tushunishmaydi, sizning hayotingizda nima bo'layotganini bilmasdan xulosa chiqarib qo'yishadi....

Bu vaziyatda shunchaki taslim bo'lish yaxshi yo'l, chunki ular barbir tushunishni xohlashmaydi...


Ularga umuman tushuntirma!
Oxir oqibat Alloh ularga xato qilishganini tushuntirib qo'yadi, siz ularni aldamaganingiz, xiyonat qilmaganingiz va hakazo...


Har doim xulosa qilishda shoshilmang oqibatini, o'ylab qiling....


Tushunmaganlarga ortiqcha gapirmang, shunchaki taslim bo'ling va o'z yo'lingizda davom eting....


Va oxirgi gapim har doim tushunishga harakat qiling, uni hayotida nima bo'layotganini, nima uchun, nima sababdan bunday qilayotganini biling va biroz o'ylab xulosa qiling, u inson ertaga yo'q bo'lishi mumkin....


Xulosa o'zingizdan....
Allohga omonatsiz qadirdonim....

Hurmat ila Diyor Shixnazarov

@diyor_shixnazarov
596 viewsedited  17:11
Ochish/sharhlash
2021-10-07 12:59:45 Hom - hayol orzular


Assalamu Aleykum yaxshimisiz qadirdonim?

Bugun siz bilan hom - hayol orzular haqida gaplashamiz....

Bilasizlarmi? Biz orzu qiladigan narsalarimiz asosan masalan:Ko'p daromad keltiradigan,o'zingizga yoqadigan kasb,hashamatli uy, qimmat moshina, chiroyli libos, chet el sayohatlari va solih,soliha jufti halol va hakazo, lekin eng qizig'i shundaki umuman harakat qilmaymiz...


Ko'rgan insonlarimni ko'pchiligi shunday, ko'p narsani xohlashadi lekin harakatga kelganda bir joyda qotib qolishganini ko'raman...


Bir narsani aytaman orzu va xohishni o'zi kamlik qiladi...

O'rgimchak ham rizqini topish uchun to'r tashlab qo'yadi shundan keyin unga hashoratlar tushadi....


Biz hech nima qilmasdan exxeee manashu manda bo'lsaydi, qachon erishar ekanman, menga ham nasib qilarmikn, eee ola olmasam kerak va hakazolar va hom - hayol orzularga uchib o'tiraveramiz....


Faqat vaqtni bekorga ketkazishni bilamiz holos....
Bekor qolganimizda faqat va faqat cho'ntagimizdagi smartfon bilan o'zimizni ovutamiz...


O'yin o'ynaymiz, qulog'imizga naushnigimizni taqib, bo'lar - bo'lmas muzika eshitamiz, Instagram, Twitter, YouTube, Telegram, TikToklarda bo'lmag'ur narsalarni ko'rib o'tiraveramiz....

Lekin bu yoqda orzular qilib, nolishni bilamiz, qachon erisharkanman deya...

Bu g'alatimasmi?

Agar siz har bir ketayotgan soniyangizni qadirga yetmas ekansiz umuman hech narsaga erisha olmaysiz. U yog'ini Alloh biladi....

Maqsad va orzu qo'ydingizmi?
Harakatni ham qilish kerak...
Hammasiga oldin loyiq bo'lish kerak...
Solih, soliha juft xohlayabsizmi? Oldin unga loyiq bo'ling....

Yaxshi kasb, ko'p pulga ega bo'lish uchun ham unga loyiq bo'lish kerak, uninga esa harakat va mehnat talab qiladi...

Qisqasi nargi hayotimizda ham har bir soniyamizga javob beramiz...

Shunday ekan har bir soniyamizdan unumli foydalanaylik...

Tushuntira oldim degan umiddaman...
Doimo Alloh panohida bo'ling...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov


@diyor_shixnazarov
575 viewsedited  09:59
Ochish/sharhlash
2021-10-01 21:35:54 G'iybat qilma!

Assalamu Aleykum yaqinim yaxshimisiz?

Ko'pdan buyon maqola yozmayotgan edim uzr so'rayman....

Bugun insonlarni toifalarga bo'lib chiqamiz...

Asosan bir joyga yig'ilgan insonlar meni naznimda 4 ta toifaga bo'linadi...

1 - Faqat g'iybat qiladigan, orqadan gapiradigan va hasad qilib o'tradigan, vaqtini bekorga ketkazib, faqat o'ziga gunoh sotib oladigan g'iybatchilar....


2 - Bunday insonlar asosan faqat va faqat ovqat haqida gapiradigan,
U joyda bunday ovqat yedim, bu joyda bunday ovqat yedim...yana ovqat yeb o'tirganida noshukrlik qilib
U joyda mazali edi deydigan noshukrlar va maqtanchoq kibrlilar...
Ular birovni ustidan kulishni juda yoqtirishadi....

Masalan:Lavash yoki pitsa va hakazolarni yemagan insonlarni bilib qolishsa mazzah qilib o'tirishdan boshqasiga bormaydi....


3 - toifadagilar faqat o'tmish haqida gapiradiganlar,bular juda ko'p siqilishadi,yonidagi insonlarga hayotini o'tmishini aytib berishni juda yoqtirishadi...
Bunday qilsam bo'lar ekan, unday qilsam bo'lar ekan deya afsuslanishadi
Va noshukrlik qilib qo'yishadi...
Bularni noshukr va vaqt o'g'risi deyish mumkin..


4 - toifadagilar faqat g'oyalar haqida gapiradiganlar...

Bularni yorqin kelajak har doim kutib turadi,bular har doim foydali narsalar, g'oyalar, maqsadlar, kitoblar kuchli insonlar hayotlari haqida gapirishni juda yoqtirishadi....

Sizga beradigan tavsiyam har doim
4 - toifadagilar bilan birga bo'ling va ularga o'xshashga, shunday inson bo'lishga harakat qilling...

Sanab o'tgan 3 toifa insonlar nafaqat sizni bu dunyoda omadsizlikga balki u dunoda ham jahhannamga yetaklaydi....

Eng yomoni ulug'larning Abu Hamid G'azzoliyning fikrlariga qaraganda 1 marta g'iybat qilishlik 100 marta zino qilishlikdanda yomonroqdir deganlar...


Misollar ko'p vaqt chegaralanganda yaqinim..

Shunaqa gaplar xulosa o'zingizdan...
Ketgan vaqtingizga rozi bo'ling...

Sizga Allohdan omad tilab qolaman....

Hurmat ila Diyor Shixnazarov


@diyor_shixnazarov
525 viewsedited  18:35
Ochish/sharhlash
2021-08-25 05:53:36

662 views02:53
Ochish/sharhlash
2021-08-04 16:39:56 Kimdan kuchli motivatsiya olaman?


Assalamu Alekum qadrdonim qandaysiz yaxshimisiz?


Man bugun sizga aytib beradigan gaplarim shunchaki shaxsiy fikrlarim va olgan tajribalarimdandir...


Bilasizmi man kimdan motivatsiya olaman?
"Kibr egalaridan"


Kibr bu - o'zini boshqalardan yuqori ko'rish,o'z ayblarini tan olmaslik, manmanlik, o'ziga ortiqcha baho beradigan insonlarda bo'ladi...


Bu insonlar menga past nazarda qarasa, qishloqi yoki shunga o'xshash gaplar bilan yerga ursa, o'zini hammadan zo'rman hamma menga muhtoj,Otang unaqa, onang unaqa qo'lidan hech ish kelmaydi, kambag'alsan,qo'lingdan kelmaydi,qilaolmaysan,ustinga qara nimaga omadsizsan?


Bu tuyadan ignachalik gaplar...


Bular menga hayotda juda kuchli va tezroq harakat qilishimga yordam beradi chunki bularni man haqiqiy motivatorlar deyman...


Man jahl qilmayman shunchaki
Hammasini Allohdan ekanligiga ishonaman...

Kimdirga berib sinaydi, kimdirga esa bermay...


Shunday insonlarga aytadigan bir og'iz gapim bor..
Qabirga faqat kafan bilan kirasiz! sizdan faqat yaxshilik va yaxshi nom qoladi holos...


Kimdirga bunday so'zlarni aytib, haqorat qilishdan oldin bir o'ylab ko'ring,

Bu narsalarni menga kim berdi va kim oladi deya ?
Albatta yaratgan Robbimizda..


Qurʼonda kibru havoli kishilarning joyi jahannam ekanligi (Zumar surasi, 60-oyat) taʼkidlangan

Payg'ambarimiz (s.a.v)
"Qalbida zarracha kibr bo'lgan inson Jannatga kirmaydi" deganlar....


Ko'pchilikka sen zo'rsan,sen katta inson bo'lasan, sen kuchlisan degan so'zlar motiv bersa menga esa aksincha...


Bilmadim bular menga juda katta motivatsiya beradi hayotda tezroq muvaffaqiyatga erishishimga turki beradi desam ham bo'ladi...



Qisqasi hayotda yaxshilik va yaxshi nom qoldirishga har doim sizda vaqt bor...


Tushuntiraoldim degan umiddaman..
Sog' bo'lasiz qadirdonim...


Hurmat ila Diyor Shixnazarov
Ko'rishamiz..


http://myurls.co/diyorbek_shixnazarov
10.7K viewsedited  13:39
Ochish/sharhlash
2021-08-01 15:16:02 Dunyodagi eng yaxshi atir bu pulmi?

Agarda sizdan pulning hidi kelib tursa sizni hamma yaxshi ko'radimi?

Assalamu Alekum yaxshimisiz qadrdonim...


Shu gaplarni ko'pchilikdan eshitib qolaman qandaydur statuslarda...
Ko'pchilik shunday o'ylaydi,
Men bunga qo'shilmayman...

Bilasizmi sizdan pulning hidi kelib tursa sizni yaxshi ko'radiganlarni ko'pchiligi o'z manfatlari uchun yaxshi ko'radi, oxirida pulsiz qolib ketganingizda hammani niqobi yechiladi....


Meni fikrim sizdan pulning emas IYMON hidi kelib tursa haqiqiy insonlar sizni yaxshi ko'radi, nafaqat bandasi Alloh ham siz bilan har doim birga bo'ladi...


Bu insonlarga sizning pulingiz,molu - davlatingiz qiziq emas muhimi insoniy tuyg'ularingiz va Allohni yaxshi ko'rishingiz...


Ularni gunoh yo'ldan qaytarishingiz muhim, har doim yaxshilik qilishingiz muhim..
Insonlarni to'g'ri yo'lga boshlashingiz muhim...

Qisqasi bunday odamlarni taariflasam
gap juda ham ko'p...
Lekin bizda vaqt chegaralanganda...


Tushuntiraoldim degan umiddaman...

Har doim ustingizdan pulning emas iymon hidi kelib turishini Allohdan so'rab qolaman...

Insonlar sizni o'z manfatlari uchun yaxshi ko'rishlarini emas haqiqiy inson bo'lganingiz uchun yaxshi ko'rishlarini tilayman...


Hurmat ila Diyor Shixnazarov

Ko'rishamiz..


@diyor_shixnazarov
10.5K viewsedited  12:16
Ochish/sharhlash
2021-07-27 22:11:20 Pul hech nimani hal qilmaydimi?


Assalomu alekum yaxshimisiz ekran oldidagi qadrdonim...


Bugun man sizga aytib beradigan gaplarimni albatta shaxsiy fikrlarim..


To'g'ri pul hech nimani hal qilmaydi lekin nimalarni hal qilishini oxirigacha o'qing...


"Baxtni pulga sotib olib bo'lmaydi" deyishadi lekin insonlar nimaga oylik olganda juda xursand bo'lishadi?

Javobi oddiy pul uchun...

Siz sevgan qizingiz yoki sevgan yigitingiz sizdan ko'ra boyroq va farovonliroq yashashadi..

Endi o'ylab qarang....

Agar birga turmush qurmoqchi bo'lsangiz..
Siz va sevgan qizingiz rozi lekin ko'p hollarda ota - ona va bobo - buvilar qarshi chiqishadi nimaga?

Pul uchun..

Agar sevgan qizingiz yoki yigitingiz bilan turmush qurganingizda baxtli bo'lgan bo'larmidingiz?
Javob oddiy ha

Pulga jannatni sotib olib bo'lmas lekin muhtojlarga, yetim - yesirlarga va faqirlarga tarqatsangiz Alloh sizga mukofot vada qilgan va albatta jannatga kirishingizda haqiqiy baxtning tamini xis qilishingizga katta yordam beradi....


"Exsonning mukofoti faqatgina exsondir" (Ar - Rohman surasi 60)


Pulga sog'liqni sotib olib bo'lmaydi deyishadi men bu gapga qo'shilmayman agar pulingiz ko'p bo'lsa juda og'ir kasallar bor.....

Donor yurak kerak bo'lgan bemorlar..
Turli xil nogironlik kasallari va hakazo..


Bularni davolash uchun nima kerak?
Albatta pul...

Agar shu muhtojlarga yordam bersangiz juda katta savoblarga qolasiz...

Shu pullarni topaolmasdan exson so'rab yig'aolmagan va bu dunyodan ko'z yumganlar qancha...


To'g'ri hammasi Allohdan lekin sababini ham qilish kerak!


Qisqasi pulning ahamyati katta deya olmayman lekin hayotimizda ahamiyati yaxshigina ro'l o'ynar ekan...

Buni yaqinda bildim...

Tushuntiraoldim degan umiddaman...
Agar qandaydir fikrlaringiz bo'lsa albatta yozib qoldiring bu man uchun juda qiziq...


Yaqin deb bilgan insoningizga yuboring...
Yaxshilikning mukofoti albatta yaxshilikdir...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov


@diyor_shixnazarov
10.0K viewsedited  19:11
Ochish/sharhlash
2021-07-23 22:25:12 Haqiqiy Erkak bo'laylik!

Assalamu Alekum va rahmatullohi va barokatuh!

Bugun sal jahlim chiqqan to'g'risi etibor bermaysizlar....

Qandaysiz yaxshimisiz qadrdonim?

Bugun gapiradigan gaplarim erkaksifat dayuslarga bag'ishlanadi....


Ko'p eshitib qolaman uylanmoqchi bo'lgan erkaklarni 80-90% i Hijob o'ragan qisqasi dindor,hayoli ayolga uylangisi keladi to'g'rimi?

Yana unday qizlar bormikan?
Bo'lsa ham juda kam deydi...

Nasib qilarmikin deydi...

Shu joyida gapirmasam bo'lmaydi...
Bu mani shaxsiy fikrlarim albatta...

Bilasizlarmi avratlarini yopmagan ayollarni boshida man o'ylayman biz ya'niy erkaklar turamiz...

Dayus erkaksifatlar....

Payg'ambarimiz (s.a.v) dan so'radilar:

- Yo Rasululloh dayus kim?

– Dayus shunday kishiki, o'z ahlining oldiga kimlar kirib-chiqadi, Rashq qilmaydi, parvo etmaydi – dedilar...


Pahlavon Mahmud oʼzining baytlarida aytadi:

Erlik gʼururing boʼlsa, ey Аlloh suygan,

Аhli ayoling bezatib chiqarma uydan.

Mevali shox agar chiqsa koʼchaga,

Taʼma qilar oʼtgan yoʼlovchi undan...

Deydi...
Bularni ozgina tafakkur qiling....


Bilasizlarmi? Hammasini ortida biz ekakalarmiz...


Chunki singlimiz,opamiz qarindoshimiz va yaqinlarimizni avatlarini yopib yurishiga davat qilmaymiz...

Ularga tushuntirmaymiz...

Man o'ylayman ko'pchilik erkaklar
Masjidga borishadi ya'ni Allohni tanigan lekin ko'chada qarasak ayoli,
qizlariga qarab bo'lmas ahvolda...

Man ularni ko'rib juda jahlim chiqadi
Alloh kifoya qilsin ularga...


Bir narsani esdan chiqarmang birodarlar..."Rashqsiz erkakka jannat haromdir"....


Yana Ular hohlasa ham yo'q o'ranmaysan,qilmaysan deya gunohga botamiz...


Lekin o'zimiz shunday ayol bilan turmush qurgimiz kelmaydi..


QISQASI TUSHUNDINGIZ deb o'ylayman agar oxirigacha o'qigan bo'lsangiz albatta....


Аlloh taolo Gʼoshiya surasining 21–22-oyatlarida marhamat qiladi:

"Bas, (ey Muhammad! Ummatingizga) eslating! Zotan, siz (hozircha) faqat eslatuvchidirsiz. Ularning ustidan zoʼravonlik bilan hukm yurgizuvchi emassiz"....

Аna shu ikki oyati karimaga muvofiq biz ham eslatmoqchimiz, xolos. Аlloh taolo bizlarni turli xil illatlardan oʼzi xalos qilsin va asrasin. Yurtimizni tinch va osmonimizni musaffo qilsin....


Ha yana aytgancha "Poklar poklar uchundir" deyilgan (Nur surasi 26-oyatida)

Buni ham chuqur o'ylab ko'rsangiz juda katta ma'no bor deb hisoblayman...


Bu gaplarimni ko'pdan buyon ayta olmayotgandim...

Oxiri gapridim...
Ko'nglim hotirjam bo'ldi...

"ERKAK BO'LAYLIK"

"Fiamaanallah" Allohga omonatsiz...

Hurmat ila Diyor Shixnazarov...


@diyor_shixnazarov
12.6K viewsedited  19:25
Ochish/sharhlash
2021-07-21 20:18:34 Shukr qilish haqida bilarmiding qadirdonim!

Bilaman bilasan lekin yana eslatib qo'ymasam bo'lmaydi...

"Eslating zero eslatma mo'minlarga ma'nfat yetqazur" (Zariyat surasi 55)

Sansiraganimga xafa bo'lma...
Ekran oldidagi qadrdonim...

Qachonki sen o'zingda bor narsanga Shukr qilmas ekansan hech nimaga erisha olmaysan....

Har doim noliyversang...

Otam menga hamma narsa olib berishi kerak edi...
O'qishim bo'lmaydi,uyimiz yaxshi emas,pulim kam,ustimdagi liboslarim eskirib ketgan va hakazo..

Bularni to'xtatishing kerak..

San ichayotgan toza seving
Kimlargadir bu dunyoda ichish orzu bo'lib o'tishi mukin...

San yashayotgan uying kimlargadir umuman bu hayotda nasib qilmasligi mumkin...

San kiyayotgan kiymlaringni
Kimdir hatto bu hayotda ko'rmagan bo'lishi mumkin...



Va Robbingizga "Qasamki agar shukr qilsangiz, ziyoda qilurman.Agar kufr keltirsangiz, albatta azobim shiddatlidir" deb bildirganini eslang!
(Ibrohim surasi 7)


O'zingda bor narsanga har doim shukur qil..


San noliyatgan hayot kimgadir orzu..
Shukr qil albatta Allohning va'dasi haq.


Agar maqolamizdan oz bo'lsada biror narsa olgan bo'lsang yaqinlaringa ulashishni unutma do'stim...

Zero “Ehsonning mukofoti faqatgina ehsondir” (Ar-Rohman surasi, 60-oyat) Ya’ni, yaxshilikning mukofoti faqatgina yaxshilikdir....

Hurmat ila Diyor Shixnazarov

@diyor_shixnazarov
11.0K viewsedited  17:18
Ochish/sharhlash
2021-07-20 13:57:50
Qurbon Hayit barchag muborak bolsin!
602 views10:57
Ochish/sharhlash