Get Mystery Box with random crypto!

Kimdan kuchli motivatsiya olaman? Assalamu Alekum qadrdonim | Diyor Shixnazarov

Kimdan kuchli motivatsiya olaman?


Assalamu Alekum qadrdonim qandaysiz yaxshimisiz?


Man bugun sizga aytib beradigan gaplarim shunchaki shaxsiy fikrlarim va olgan tajribalarimdandir...


Bilasizmi man kimdan motivatsiya olaman?
"Kibr egalaridan"


Kibr bu - o'zini boshqalardan yuqori ko'rish,o'z ayblarini tan olmaslik, manmanlik, o'ziga ortiqcha baho beradigan insonlarda bo'ladi...


Bu insonlar menga past nazarda qarasa, qishloqi yoki shunga o'xshash gaplar bilan yerga ursa, o'zini hammadan zo'rman hamma menga muhtoj,Otang unaqa, onang unaqa qo'lidan hech ish kelmaydi, kambag'alsan,qo'lingdan kelmaydi,qilaolmaysan,ustinga qara nimaga omadsizsan?


Bu tuyadan ignachalik gaplar...


Bular menga hayotda juda kuchli va tezroq harakat qilishimga yordam beradi chunki bularni man haqiqiy motivatorlar deyman...


Man jahl qilmayman shunchaki
Hammasini Allohdan ekanligiga ishonaman...

Kimdirga berib sinaydi, kimdirga esa bermay...


Shunday insonlarga aytadigan bir og'iz gapim bor..
Qabirga faqat kafan bilan kirasiz! sizdan faqat yaxshilik va yaxshi nom qoladi holos...


Kimdirga bunday so'zlarni aytib, haqorat qilishdan oldin bir o'ylab ko'ring,

Bu narsalarni menga kim berdi va kim oladi deya ?
Albatta yaratgan Robbimizda..


Qurʼonda kibru havoli kishilarning joyi jahannam ekanligi (Zumar surasi, 60-oyat) taʼkidlangan

Payg'ambarimiz (s.a.v)
"Qalbida zarracha kibr bo'lgan inson Jannatga kirmaydi" deganlar....


Ko'pchilikka sen zo'rsan,sen katta inson bo'lasan, sen kuchlisan degan so'zlar motiv bersa menga esa aksincha...


Bilmadim bular menga juda katta motivatsiya beradi hayotda tezroq muvaffaqiyatga erishishimga turki beradi desam ham bo'ladi...



Qisqasi hayotda yaxshilik va yaxshi nom qoldirishga har doim sizda vaqt bor...


Tushuntiraoldim degan umiddaman..
Sog' bo'lasiz qadirdonim...


Hurmat ila Diyor Shixnazarov
Ko'rishamiz..


http://myurls.co/diyorbek_shixnazarov