Get Mystery Box with random crypto!

Onangiz boʻlsa, ayting... Sahl Isfaroyiniy aytadi: “Menga Sul | Solih Solihalar

Onangiz boʻlsa, ayting...

Sahl Isfaroyiniy aytadi: “Menga Sulaym yaʼni Abul Fath Roziy aytib bergandi, Ray shahriga safar qilganida oʻn yosh atrofida boʻlgan ekan. Safari haqida hikoya qilib shunday dedi:

«Bir shayxning oldiga bordim, u taʼlim berib turgan ekan. Menga: «Kel, sen ham oʻqi!” — dedi. Fotiha surasini oʻqib berishga rosa harakat qildim, lekin tilim kelishmadi.

Shunda shayx:
— “Onang bormi?” dedi.
— “Ha, bor” dedim.
— Unga borib ayt Alloh Qurʼon va ilm bilan rizqlantirishini sӯrab haqqinga duo qilsin», dedi.

Uyga qaytdim, onamdan duo qilishlarini soʻradim, duo qildilar. Vaqt oʻtdi, ulgʻaydim. Keyin Bogʻdodga bordim. U yerda arab tili va fiqhni oʻrgandim va yana Ray shahriga bordim.

Bir masjidda “Muxtasarul Muzaniy”dan dars olib tursam, haligi shayx kelib qoldi va bizga salom berdi, lekin meni tanimadi. Bizni eshitdiyu nima oʻqayotganimizni tushunmadi.

Soʻng: Eh, bunaqa ilmlarni tushunsaydik! — dedi.
Men: “Onangiz boʻlsa ayting, haqqingizga duo qilsin”, demoqchi boʻldim-u, lekin uyaldim.

(Imom Subkiyning “Tobaqotush Shofiiyya” kitobi)

Ikrom Sharif

@dunya_di