Get Mystery Box with random crypto!

Eng qiyin sabr nima bilasanmi gulim? Sabrning en | Solih Solihalar

Eng qiyin sabr nima bilasanmi gulim?


Sabrning eng qiyini qullikda sobit turishlikdir. Ming’ir-sing’ir qilmasdan ibodat va qullik qilishda davomli bo’lishdir.
Ibodat oson narsa emas. Nafsi o’rganmagan odamlar uchun bu juda qiyin.
Masalan bomdodga turish qiyin. Uyqi aralash tahorat olish qiyin. Bu 1 yillik emas, butun umrlik narsa. Yoz bor, qish bor...
Qullik qilish, xohlamasdan majburan qilinadigan ish emas. Tongda uyg’onib, tahorat qilib namozga turgan odam, oxir zamonning haqiqiy mujohid, mujohidasidir (jihod qiluvchi)
Chunki tongda ustingdagi ko’rpaning og’irligi tonna qadar, yotog’ingni tortishish kuchi esa oddiy yerning tortishish kuchidan 10 barobar kuchli.
Ibodatni boshlash oson, lekin davomli qilish qiyin. Nafsingga qo’yib bersang bugunoq tark qiladi.
Ibodat faqat namoz bilan ro’zadan iborat emas. Alloh senga haromdan tiyil dedimi, sen haromga boqmasdan bunda davomli va sobit turishing ibodatdir.
Hijob ibodatdir. Juda qiyin ibodat. Chiroyli sochlarni berkitish, keng ko’ylak kiyish, ko’zga tashlanmaydigan ranglar tanlash, xohlaganicha bo’yanmaslik, o’ziga yoqadigan oyoq kiyimlardan uzoq bo’lish va bunda sobit turish qiyin. Buni faqat kuchli irodasi bor ayol-qizlar qila oladi. Shuning uchun bu jihod hisoblanadi. Atrofa hamma ochilib-sochilib, shu ochilgani uchun e’tibor va mashhurlikka erishayotgan paytda bir chetda hijobini mahkam quchib unga sodiq bo’lish, ayolning jihodi hisoblanadi. Go’zalligini buyurilgandek yashirish har kimning ham qo’lidan kelmaydi.
Haromdan uzoq bo’lish qiyin. Hozir hamma foizga ish boshlab boyib ketayotgan paytda, Alloh harom qilgan uchun foizdan qochish va bunda sobit bo’lish qiyin. Buni faqat kuchli mo’minlar qila oladi.
Ha, Ibodat qilish va unda davomli bo’lish qiyin.
Alloh barchani qullik qilishda sabr qiladigan va sobit turadigan qullaridan aylasin

iffatliqalb

@dunya_di