Get Mystery Box with random crypto!

​#January #day_29 #Alhamdulillah #tavsiya #audio_kitob 'Ex | UMR_YO'LLARIDA...

​#January
#day_29
#Alhamdulillah
#tavsiya
#audio_kitob

"Ex, kommunizm!
Hurriyat, adolat, inson huquqlari, taraqqiyot kabi jimjimador so'zlar bilan kelib bizni tobutga ham zor qoldirdi!"

"Dushmanga nisbatan adovatingiz ularga nisbatan adolatsizligingiz boʻlmasin"

"Boshimni otamning tizzalariga qo'yganimda "Shu" dedim. "Eng katta baxtlardan biri mana shu!" Boshim butunlay ishonchli joyda edi. Umrim bo'yi menga shunaqangi zavq beradigan lazzatni boshim qaytib ko'rmadi".

"Iskanja"
Omina Shenliko'g'li

Turk ijodkoridan yana bir ajoyib tuhfa. Kundan kunga turk yozuvchilariga qiziqishim ortib boryapdi. Turk yozuvchilari juda hissiyotli yozadi, keragidan ortiq deb oʻylardim. Keyin bilsam oʻzim shunaqa kitob oʻqigan ekanman. Ammo Omina Shenliko'g'li ijodiga alohida tasanno. Judayam keng va tasavvuriy yozar ekanlar. Shunchaki fantaziyani oʻzi boʻlib qolmagan diniy va dunyoviy bilimlarni umumlashtirishga harakat qilgan va uddasidan chiqqan.

Ushbu kitobda urush yillaridagi qiyinchiliklar, Islom dinining qanchalik mashaqqat bilan kommunizm changalidan qutulib qalblarga kirib kelganligi ochib berilgan. Asarda bir oila hayoti, aka ukalar bir biriga qanday mehribon va qanchalar vahshiy dushman bo'la olishi tasvirlangan. Eng mehribon ham eng jirkanch badfe'l ham inson boʻlishi mumkin. Qalbimizga yoqilgan yorugʻlik, sham nurigina bizni inson qilib turadi.

Asar bosh qahramoni Kaan meni eng koʻp fikrlashga, ichimdan bir ovoz baralla "oʻzingdan uyalsang boʻlardi" deyishiga sabab boʻldi. Inson zoti bu darajada bardoshli, matonatli boʻla olishi xayratlantirmay qoldirmaydi.

Oʻzida bor noz-neʼmatlardan lazzatlanib, tirikligi, iymon keltira olayotganidan, qalbida Alloh borligidan, U zot butun yaratib qoʻyganidan, yaqin insonlari yonidaligidan "Alhamdulillah" degancha shukur qila oladigan inson bu dunyodagi eng baxtli insondir!

Oʻzingizni seving!
Hayotni anglang!


P.s: kitobning audio shaklini mana shu yerdan topishingiz mumkin.

@Dildaborimsiz