Get Mystery Box with random crypto!

Dilamour

Telegram kanalining logotibi dilamour — Dilamour D
Telegram kanalining logotibi dilamour — Dilamour
Kanal manzili: @dilamour
Toifalar: Marketing , Kurslar va rahbarlik
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 481
Kanalning ta’rifi

👩🏻‍💻 Media sohasida ilinganlarim: foydali manbalar, mashhur faces, imkoniyatlar, tavsiyalar, bo'sh ish o'rinlari
🍀 @yourchanceuz - asosiy loyiham) blogga vaqt yetmay qolsa, ma'zur tutasiz)
🏷 @xatchopuz - maxsus xatcho'plar

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

0

3 stars

2

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-08-10 07:50:29 SMM bo'yicha boshlang'ich bepul kurs

Netology taqdim etayotgan ushbu kurs sizga SMM mutaxassisi kasbini tushunishga hamda soha sizga mos keladimi yoki yo'qligini aniqlashga yordam beradi.

Bugungi kunda SMM mutaxassisining vazifalari ancha kengaygan. Ularni bilish uchun kursga yoziling.

Kursga havola

@dilamour
927 viewsedited  04:50
Ochish/sharhlash
2022-08-09 09:10:47 Toshkentdagi xalqaro vestminister universitetidan 20 ga yaqin bo'sh ish o'rinlari!

Ingliz tilingiz yaxshi bo'lsa, turli vakansiyalarda o'zingizni sinab ko'ring, ajabmas nufuzli universitet jamoasi safiga qo'shilsangiz) Bir sababchi bo'lar edik))

Vakansiyalar bu yerda: https://www.wiut.uz/job-wiut

Ingliz tilini yaxshi biladiganlarga ulashishingiz qadrlanadi.

@dilamour
1.3K viewsedited  06:10
Ochish/sharhlash
2022-08-06 15:14:13 Aytishlaricha, yaxshi SMM menejerining quyidagi 5 koʻnikmaga ega boʻlishi kerak.

SMM tushunchasi
Odamlar nima uchun obuna boʻlishini va nima sotib olishga undashini, TA/UST/JTBD kabilar uning qilayotgan ishiga qanday ta’sir qilishini biladi.

Yoza oladi
Va oʻz fikrini aniq yetkaza oladi. U postni nima uchun yozayotganini va xatoliklarni qanday tekshirishni yaxshi biladi.

Rivojlantira oladi
Maqsadli auditorya boʻyicha guru boʻlmasligi mumkin, lekin ularni qanday topishni va oldiga qanday vazifani qoʻyishni biladi. U virus qanday ishlashini va hashteglarni qanday ishlatish kerakligini tushunadi.

Raqamlar bilan oʻlchaydi
Ko'rinishlar sonini qamrovdan ajrata oladi va ERR nimaga bogʻliqligini yaxshi biladi. Ma’lumotlar asosida kontentni yaxshilay oladi. Hech boʻlmasa bepul analitik xizmatlar bilan ishlaydi.

Mas’uliyatdan qo'rqmaslik
Oʻzining harakatlari, muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklari uchun. U nima qilayotganini va nimaga qilayotganini tushunadi. Kerak boʻlganda oʻz xatosini tan oladi va payti kelganda TZ’isini himoya qiladi.

Xoʻsh, siz rosmana SMM menejer ekansizmi?

@dilamour
949 viewsedited  12:14
Ochish/sharhlash
2022-08-04 11:27:48
Westministerdan ish o'rni taklifini olgan men .

Hozir ish o'rni ko'rmayotgan bo'lsam ham, ha, rosti xursand bo'ldim.

P.S. Westminsterda masofaviy tarjimon sifatida ishlashimni bilasiz)

@dilamour
902 views08:27
Ochish/sharhlash
2022-08-03 08:59:47 #kelingsuhbatlashamiz Mushukni bosib ketgan Evos haydovchisini hamma birday qoralayaptimi?
996 views05:59
Ochish/sharhlash
2022-08-02 16:34:12 #kelingsuhbatlashamiz

Mushukni bosib ketgan Evos haydovchisini hamma birday qoralayaptimi?
942 views13:34
Ochish/sharhlash
2022-07-30 10:00:11 Troll.uz Xalq ta'limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan loyiha haqida post joylagan ekan.

IT-kasblarni o'rgatadigan foydali kurslarning jamlanmasi o'zbek tilida ekanligi va mutlaqo bepulligi quvonarli, albatta.

Menimcha quyidagi kurslar sizga ham qiziq bo'ladi:
1. Foto tahrirlash
2. Digital marketing
3. Video montaj

Ilindim, siz ham ulashing) Batafsil kurslar ro'yxati izohlarda.

@dilamour
1.6K viewsedited  07:00
Ochish/sharhlash
2022-07-29 17:27:45 ​#atama

VIZUALIZATOR

Bu atama 3D mutaxassislari orasida ishlatiladi, lekin digital mutaxassislik ichida bir muncha yangi atama.

U o'z atrofida visual, visualisation kabi so'zlarni jamlaydi.

Visual - Instagramdagi lentaning professional ko'rinishi.

Visualisation - Instagram lentani professional darajada yaratadigan soha.

Visualisator - Instagram lentani professional darajada yaratadigan inson.

Atamalarni ingliz tilida qoldirdim.

Vizualizatsiya o'z sahifasini estetik, nafis va o'ziga xos tarzda shakllantirishni istovchi soha vakillari, bloggerlar uchun ayni mos keladi. Asosiy auditoryasi ham ayol-qizlar.

Storiesmaking qanday kirib kelgan bo'lsa, hozir bizda vizualizatsiya shunday kirmoqda. Anchadan beri bu borada tajriba orttirishga harakat qilyapman. Visualning yaqqol misol sifatida Instagramdagi tilsim sahifasi yoki o'zimning blogimni ayta olaman. Amaliyotda sinash uchun, keyslar olish niyatim bor, inshaallah.

Quyidagi ranglar bilan qanday mohirona ishlash mumkinligini ko'rishingiz mumkin.

@dilamour
1.3K views14:27
Ochish/sharhlash
2022-07-29 09:28:50 Bu haqida bir toʻxtalib oʻtaman. Nakrutkamas. Chunki bu soʻrovnomani nakrutka qilishimdan hech qanday manfaat yoʻq (Foydali ma’lumot boʻlsa ekan).

Qanday boʻlgani haqida qisqacha: yirikroq guruhga bir manba ulashishdan oldin ostiga kanalning username’ni yozib qoʻydim. Qarabsizki u xabar rosa ulashildi va matn soʻngʻiga tushganda, bir kanalimga qiyo boqib qoʻyganlar hisobiga koʻrishlar soni oʻsib ketdi.

Xabarni qancha ulashilganini tasavvur qilavering endi.
938 views06:28
Ochish/sharhlash
2022-07-28 16:29:19 Ungacha bu soʻrovnoma nega buncha koʻp koʻrishlarga ega boʻlganini oʻylab turing)
902 views13:29
Ochish/sharhlash