Get Mystery Box with random crypto!

Aytishlaricha, yaxshi SMM menejerining quyidagi 5 koʻnikmaga e | Dilamour

Aytishlaricha, yaxshi SMM menejerining quyidagi 5 koʻnikmaga ega boʻlishi kerak.

SMM tushunchasi
Odamlar nima uchun obuna boʻlishini va nima sotib olishga undashini, TA/UST/JTBD kabilar uning qilayotgan ishiga qanday ta’sir qilishini biladi.

Yoza oladi
Va oʻz fikrini aniq yetkaza oladi. U postni nima uchun yozayotganini va xatoliklarni qanday tekshirishni yaxshi biladi.

Rivojlantira oladi
Maqsadli auditorya boʻyicha guru boʻlmasligi mumkin, lekin ularni qanday topishni va oldiga qanday vazifani qoʻyishni biladi. U virus qanday ishlashini va hashteglarni qanday ishlatish kerakligini tushunadi.

Raqamlar bilan oʻlchaydi
Ko'rinishlar sonini qamrovdan ajrata oladi va ERR nimaga bogʻliqligini yaxshi biladi. Ma’lumotlar asosida kontentni yaxshilay oladi. Hech boʻlmasa bepul analitik xizmatlar bilan ishlaydi.

Mas’uliyatdan qo'rqmaslik
Oʻzining harakatlari, muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizliklari uchun. U nima qilayotganini va nimaga qilayotganini tushunadi. Kerak boʻlganda oʻz xatosini tan oladi va payti kelganda TZ’isini himoya qiladi.

Xoʻsh, siz rosmana SMM menejer ekansizmi?

@dilamour