Get Mystery Box with random crypto!

Odamiyat!

Telegram kanalining logotibi dcnlorszbcfssu — Odamiyat! O
Telegram kanalining logotibi dcnlorszbcfssu — Odamiyat!
Kanal manzili: @dcnlorszbcfssu
Toifalar: Bloglar
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 34
Kanalning ta’rifi

Hammasi shu qadar oddiy va o'ta murakkab

Ratings & Reviews

2.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2023-04-11 23:02:27 Bugun yana bir marta tupurdim
38 viewsedited  20:02
Ochish/sharhlash
2023-04-11 00:36:51 Odam eng inja hislarni begʻubor mahali yashab olishi kerak ekan,keyin imkon boʻlmaskan(
44 views21:36
Ochish/sharhlash
2023-04-10 10:45:56
Seni anglamoq goʼzal,umidli
Dunyoning eng goʻzal sasidan
Eng goʻzal qoʻshiqni tinglamoq kabi goʻzal bir narsa))

Dunyoning boshi nur,oxiri gʻorat
Tushga borayapmiz qoʻlda gulsavat
Men unga tush va baxt solaman gʻalat
Yigʻlama,Osima
Faqat!

Metroda muhabbatga duch keldim^^
48 viewsedited  07:45
Ochish/sharhlash
2023-04-06 01:14:40 Arzon tasallilar beriladi
Arzon qo'llar boshingni silaydi
Arzon haqiqat oldida turasan mum tishlab
Arzongina joningga achinishda davom etasan
Arzon hayoting yashaladi ssenariydagidek
Bora-bora arzonlashib ketadi bari
Tuyg'ular
Tiriklik
Umid
Borlik va yo'qlik
54 views22:14
Ochish/sharhlash
2023-04-05 23:20:48 Men odam, sen pari… Nima qilamiz?
Sen yoshu men qari… Nima qilamiz?

                                Sh.Nuriddin


Xavflidir qorongʻi yurak yurtining
Sogʻinchi, safari…
Nima qilamiz?..
Gʻaribdir xotira, xayol ufqining
Shomidan sahari…
Nima qilamiz?..

Qolmadi odamiy maxluqotlarning
Haromdan hazari…
Nima qilamiz?..
Oshimiz zahardir,
Sarxur zotlarning
Osh boʻldi zahari…
Nima qilamiz?

Yuraklarda ishonch yoʻqoldi bir kun,
Kelmadi xabari…
Nima qilamiz?..
Jonimni sadaqa qildim ishq uchun,
Ilmadi nazari…
Nima qilamiz?..

Sotilar arzonga, sotilar tekin,
Odamzod javhari…
Nima qilamiz?..
Shaytonga tosh otdik, tegmadi, lekin
Shaytonga zarari…
Nima qilamiz?..

Koʻzimga olovday koʻringan choʻgʻlar
Koʻngillardan nari…
Nima qilamiz?..
Yonu atrofimda daydigan oʻqlar —
Jonga tegdi bari…
Nima qilamiz?!..
51 views20:20
Ochish/sharhlash
2023-04-04 21:01:26
Allaqachonlar siyqasi chiqib ketgani uchun bu mavzuda yozgim kelmagandi ,lekin qizlar yotoqxonasiga oʼrnatilgan kameralar haqida oʼqidim-u,sabr kosam toʼldi.Bu jamiyat sogʻ emas,eshityapsizmi,ka-sal!Va bu kasallik bugun paydo boʼlib qolgani yoʼq,ildizi uzoq oʼtmishga borib taqaladi.Dohiyona mentalitetimizga koʼra erkakning salkam Xudodek koʼrilishi,ayollar odamning chala varianti deb qabul qilinishi natijasi oʼlaroq shu kunlarga yetib keldik.Haligacha qizlarni chidashga,sabr-toqat qilishga oʼrgatib mazoxizm ruhida tarbiyalayapmiz va natijada ular bunday hollarni normal qabul qilyapti.Shuncha qabihliklar sodir boʼlar ekan,biz baribir axloqli,ehtirosning har qanday turidan yiroq farishtadek xalq boʼlib qolaveramiz)Bu yerlarda tugʻmanglar,ayniqsa,qizlarni!
38 views18:01
Ochish/sharhlash
2023-04-04 13:58:16 Erkak va ayol bilish mevasini totib koʼrib,taʼqiqni buzdi va ongsiz hayotdan insoniy faoliyat sari yoʼl oldi.Oʼshandan boshlab erkinlikka erishdi,individlashish boshlandi.Biroq bu  erkinlik odam uchun qimmatga tushdi.Axir tabiatning bir qismi ekanligingni bilsang-u,u bilan uygʻunlikda harakat qilolmasang fojia emasmi?Shu tarzda odam erkin,ammo azob-uqubat bilan yashashga mahkum boʼldi.Artur Shopengauer har qanday cheklov baxtga yoʼllaydi deganda naqadar haq edi. Odam endilikda mustaqil qaror qabul qilar ekan,erkin fikrlash imkoniga ega boʼlar ekan,bu erkinlik yuklaydigan masʼuliyatga ham dosh berishi lozim edi.Endilikda hayoti uchun hech kimni ayblay olmaydi,barchasi oʼz xatti-harakatlarining mahsuli.Odam oʻziga ozodlikni sotib olgan vaqti unga bonus sifatida yolgʻizlik ham taqdim etiladi. Inson oʼzining mutlaqo erkinligini his qilar ekan,chidab boʼlmas yolgʻizlikni ham boshidan oʼtkazishga majbur.Chunki endi siz har qanday gʻoya,qadriyatlardan holi boʼlar ekansiz,ortiq hech qayerga mansub emassiz va bu azobgir jarayon.Bu ogʻriqlar ichida odamga oʼzi kabi bir hamfikrning borligi ham taskin bagʻishlaydi,boshqa biri bilan fikrdagi kichik mushtaraklik ham uni tinchlantiradi.Sartrning "Koʼngil aynishi" asaridan parcha:"Atrofimdagi odamlar gaplashayotib nuqul qarashlarining mosligini anglaganidan xursand boʼlishadi.Xudoyim-ey,bir xil oʼylashlaridan buncha quvonishmasa!"

P.S:Sizlarni erkinligingiz va yolgʻizligingiz bilan yolgʻiz qoldiraman)
37 viewsedited  10:58
Ochish/sharhlash
2023-04-03 02:34:18
Yotogʻimda oltita koʻzgu bor.Men ularga qarayman,termilaman ularga.Lekin men ularda koʼrinmayman.Ularda toʻshak,gilam,oyna aks etadi...Koʻzgu xuddi boʻm-boʻshdek,ularda sen yoʻqdek.
37 views23:34
Ochish/sharhlash
2023-04-01 23:01:11 - Men charchadim.Ketdik
-Biz keta olmaymiz.
- Nima uchun?
- Biz Godoni kutyapmiz.
- Ha toʻgʻri.U holda nima qilamiz?
- Hech narsa

***

- Oʻylash bu uncha qoʻrqinchli narsa emas.
- Albatta.Shuning oʻzi katta gap.
- "Shuning oʻzi katta gap" deganing nimasi?
- Bu bir qadar kichikroq degani.
- Albatta
- Bu qanaqasi?Omadimiz keldi deb oʻylasak nima boʻlardi?
- Hammasidan ham dahshatlisi oʻylash.

Samuel Bekket "Godoni kutish"
38 views20:01
Ochish/sharhlash
2023-03-31 23:39:23
Balki,ozroq masʼuliyatni his qilarsan deyishganda men:
38 views20:39
Ochish/sharhlash