Get Mystery Box with random crypto!

Hayot - nomigagina hayot,amalda esa bu oʻlimdir Tugʻilmaslik | Odamiyat!

Hayot - nomigagina hayot,amalda esa bu oʻlimdir

Tugʻilmaslik -  inson uchun eng katta baxtdir
Koʻrmasidan quyosh nurin,yorugʻ dunyoni
Yo tugʻilib shu zahoti yerga kirsaydi
Koʻrmas edi bu gʻam-alam,achchiq roʻyoni

Oʻlim bizni ongimizdan abadiyan judo qilganda biz uchun ezgu tuhfa boʻlur edi,chunki bir kunlik uyqu oromi hayotimizdagi eng baxtli kundan koʻra yaxshiroqdir.

Kelajakni biz avvalroq bilganda evoh
Tushunardik hayotimiz qadahi goho
Shodlik bilan toʻlar,goho gʻam-anduh bilan
Qaysi biri nasib qilar - tasodif ishi
Orzu qilar eng baxtiyor,muhtaram zotlar
Oʻlganimiz yaxshi edi bunday xorlikdan

Hayotingdagi eng quvonchli boʻlgan damlaringni hisobla,besaranjomlikdan holi boʻlgan kunlaringni hisobla,hayoting qanday oʻtgan boʻlmasin,shuni anglagilki,hayot kechirmaganing yaxshiroq boʻlardi.

P.S:Bitta oʻzimga qiziq boʻlmayapti siqilish,ilindim)