Get Mystery Box with random crypto!

#Hech_Bir_Shaxs_Hujjatsiz_Qolmaydi Hech kim hujjatsiz qolmayd | Davlat xizmatlari yangiliklari

#Hech_Bir_Shaxs_Hujjatsiz_Qolmaydi

Hech kim hujjatsiz qolmaydi: Yangiyoʻlda bir oilaning 5 nafar farzandiga tugʻilganlik guvohnomasi topshirildi

Yangiyoʻlda bir ayolning turli yoshdagi 4 nafar farzandi va bir nafar nabirasiga tugʻilganlik haqida guvohnoma topshirildi. Ularning shu paytgacha guvohnoma va boshqa hujjatlari yoʻq edi.

Yangiyoʻl shahrida yashab kelayotgan Zulxumor opaning farzandlari Sardor (23 yosh), Sevinch (20 yosh), Sadriddin (10 yosh) va Samariddin (5 yosh) hamda nevarasi Bexruzbek (3 yosh)lar tibbiy yordamsiz tugʻruqxonadan tashqarida (xonadonida) tugʻilganligi sababli bugungi kunga qadar tugʻilganlik haqida guvohnoma ololmagan.

Sardorbek va Sevinch 16 yoshdan oshgan boʻlsa-da, tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi mavjud boʻlmaganligi sababli ID-karta berilmagan. Oilaning oʻrtancha farzandi Sadriddin 10 yoshga toʻlgan, biroq bugungi kunga qadar umumtaʼlim maktabiga, Samariddin va Bexruzbeklar esa bogʻchaga qabul qilinmagan edi.

Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” huquqiy aksiyasi doirasida Zulxumor opaning 4 nafar farzandlari va 1 nafar nevarasining tugʻilishi rasmiylashtirilib, guvohnomalari shaxsan adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan topshirildi.

Shu bilan birgalikda, Sardor va Sevinchga identifikatsiyalovchi ID-karta ham olib berildi. 10 yoshli Sadriddin Yangiyoʻl shahridagi 7-umumiy oʻrta taʼlim maktabining 1-sinfi oʻquvchisi sifatida taʼlimni davom ettirish imkoniga ega boʻldi. Adliya vazirligi tomonidan ularga kitoblar, maktab formasi va oʻquv qurollari sovgʻa qilindi.

Eslatma: Huquqiy aksiya doirasida fuqarolar bevosita tuman (shahar) adliya boʻlimlarida tashkil etilgan maxsus shtablar yoki “1148” qisqa raqamli ishonch telefoni orqali murojaatlarini qoldirishlari mumkin.

Kanalga ulanish
https://t.me/davxizmat